Joriy yil bahor mavsumining odatdagidan iliq kelishi va tadbirkor dehqonlarimizning tinimsiz mehnatlari tufayli ba’zi ertapishar mevalar har yilgidan-da barvaqtroq pishib yetilmoqda.
Yaqinda Surxondaryoning qator tumanlarida ertagi piyoz hosili yig‘ishtirib olinayotgani haqida xabar bergandik. Surxondaryo viloyatining Termiz tumani Yangiariq qishlog‘idagi aholi xonadonlaridan birida ilk bor bugun – 10-aprel kuni gilos pishib yetildi.
Xonadon sohibining xabar berishicha ushbu gilos ikki yil avval uy sharoitida olchaga payvand qilingan.
Qadim Surhon vohasida odatdagidan ancha avval pishib yetilgan ilk gilos mirishkor dehqonlarimizning yangi hosilni imkon qadar tezroq yurtdoshlarimizga yetkazishdek olijanob maqsadlar yo‘lida samarali mehnat qilayotganini anglatish bilan birga, kishi qalbida yilning barakali kelishiga, bog‘lar va dalalarda hosil mo‘l bo‘lishiga ishonch uyg‘otadi.
В этом году из-за теплой весны и неустанного труда наших предприимчивых аграриев некоторые фрукты и овощи поспевают раньше обычного. Недавно мы сообщали, что в нескольких районах Сурхандарьинской области идет сбор урожая лука.
Сегодня же, 10 апреля, в одном из домовладений села Янгарик Термезского района Сурхандарьинской области созрела первая черешня.
По словам хозяина дома, это дерево было привито два года назад. Первые плоды черешни, которые созрели намного раньше обычного срока, говорят о том, что наши земледельцы эффективно работают ради благородной цели – как можно скорее доставить новый урожай нашим соотечественникам. Это также даёт уверенность, что год будет плодородным и сады и поля будут иметь обильный урожай.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: