Avval xabar berganimizdik, Farg‘ona viloyatidagi Tadbirkorlar uyida “Intensiv bog‘lar va kichik agrologistika markazlarini yaratish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida mintaqaviy ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham videokonferensaloqa shaklida ishtirok etdi.
Yig‘ilishning ochilish qismida vazir Aziz Voitov nutq so‘zladi. Unda davlat rahbarining “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, sohaga berilayotgan yangi imtiyozlar va imkoniyatlar haqida maʼlumotlar taqdim etdi. Shuningdek, Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyalashtirishda mavjud muammolarni bartaraf etish va fermerlar, klasterlar va tadbirkorlarning og‘irini yengil qilish bo‘yicha Prezident qarori bilan yangi mexanizmlar joriy etilayotganiga e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi hamda “Agroservis operator” DUK va Farg‘ona viloyati hamkorligida tashkil etilgan ushbu seminarda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar va fermerlarni xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan zamonaviy intensiv bog‘lar va kichik agrologistika markazlarini tashkil etish imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Seminarda qulay agrobiznes-iqlim va raqobatbardosh, xalqaro bozorlar uchun eksportga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini tubdan isloh qilish va ularning moddiy-texnik bazasini jahon tajribasi asosida yangilash, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini keng joriy etish mavzulariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Seminar doirasida ilmiy-amaliy ko‘rgazma tashkil etildi.Unda viloyatdagi bog‘dorchilik va uzumchilik, ko‘chat va urug‘lik yetishtiruvchi xo‘jaliklar, ilmiy-tadqiqot institutlari o‘z mahsulotlari ishtirok etishdi.
Tadbirda, shuningdek, xizmatlar turlarini takomillashtirish, sohada kooperatsion munosabatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham muhokama etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga loyihalarining imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.
Qizg‘in muhokama va munozaralarga boy tarzda o‘tgan ushbu seminar kelgusida qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarda muhim qadam bo‘ladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: