O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Xitoyning “CITIC GROUP” kompaniyasi qishloq xo‘jaligi departamenti bosh direktorining o‘rinbosari Yibo Vang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Sirdaryo viloyati Xovos tumanida Agrologistik park qurish loyihasining muhokamasi bo‘ldi. Loyiha qiymati 50 mln AQSH dollarini tashkil qiladi.
Uchrashuvda 32 ga ajratilgan yer uchastkasida barpo etilishi rejalashtirilayotgan obyektlar muhokama qilindi, xususan:
Bu yirik logistika markazi mamlakatimizni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydi.
Ushbu obyektni barpo etishda mamlakatlarimiz hamkorligi quyidagi modelni ko‘zda tutadi:
O‘z navbatida, 25.12.2019-yildagi O‘RQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun asosida, O‘zbekiston tomoni hukumat qo‘llab-quvvatlashini, jumladan investorlik vizasini, erkin konvertatsiya, soliq imtiyozlari, shuningdek huquqiy kafolatlarni taqdim etadi.
Ma’lumot uchun:
Sirdaryo viloyati – O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat bo‘lib, shimolda Qozog‘iston Respublikasi, sharqda Toshkent viloyati, janubda Tojikiston Respublikasi va g‘arbda Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Umumiy maydoni – 4,28 ming kv. km.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: