Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Fransiyaning Favqulodda va muxtor еlchisi Oreliya Bushez hamda Fransiya modasini moliyalashtirish va rivojlantirish markazining (Fransiya to‘qimachilik va tikuvchilik sanoat-texnik markazi) Bosh direktori Klariss Reylni qabul qildi.
Uchrashuvda Aziz Voitov Fransiya uzumchilik sanoatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yuqori baholadi. Shuningdek, vazir bu borada kelgusi yillarda O‘zbekiston iqlim sharoitida ham uzumchilikni rivojlantirish orqali yuqori sifatli vino mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Fransiya tajribasi asosida yangi loyihalar amalga oshirilishini taʼkidlab o‘tdi.
Shuningdek, Fransiya to‘qimachilik va tikuvchilik sanoat-texnik markazi Bosh direktori Klariss Reyl to‘qimachilik-tikuvchilik hamda tikuv-trikotaj mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida amalga oshirayotgan ishlar bo‘yicha maʼlumotlarni taqdim etdi.
Bundan tashqari, Klariss Reyl Fransiya to‘qimachilik va tikuvchilik sanoat-texnik markazi bilan hamkorlikda ish olib borish mamlakatimiz uchun Yevropa bozorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlarini yanada oshirishini aytib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida vazir Aziz Voitov ushbu imkoniyatlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish hamda takliflar ishlab chiqish bo‘yicha tegishli boshqarma boshliqlariga topshiriqlar berdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: