O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Berlinga (Germaniya) tashrifi arafasida 2-may kuni ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, 250 dan ortiq sanoat birlashmalari, yirik kompaniya, xolding va sanoat korxonalari hamda banklar rahbarlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
Unda kirish so‘zi bilan minbarga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar faol rivojlanib borayotganini, bu ikki davlat rahbarlarining ishonchi va siyosiy irodasi tufayli erishilganini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi kuzatilib, besh yil ichida ikki baravar oshgani ham aytib o‘tildi. 2022-yil yakuniga ko‘ra o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari yana 50 foizga ortib, birinchi marta 1 milliard yevrodan oshgani e’tirof etildi. Sarmoyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasida ham izchil dinamika kuzatilmoqda. O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni bir necha yil ichida qariyb 3 barobarga ko‘payib, 200 tadan oshdi. 2017-yildan beri o‘zlashtirilgan nemis investitsiyalarining umumiy miqdori 11 barobar o‘sdi va bugungi kunda 4 milliard yevrodan ortiqni tashkil etmoqda. MAN, CLAAS, Knauf, GP Papenburg, Viessmann, Deutsche Kabel va LEMKEN kabi ko‘plab nemis kompaniyalari O‘zbekistonda o‘z biznesini faol olib bormoqda va rivojlantirmoqda, shuningdek, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirmoqda.
Germaniya ishbilarmon doiralarining e’tibori mamlakatimizda xorijiy investorlarning qulay mehnat qilishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, O‘zbekiston iqtisodiyotining kuchli tomonlariga qaratilmoqda. Ularga yuqori kadrlar resurslari, strategik geografik joylashuvi, MDH davlatlari bilan erkin savdo rejimlari, GSP+ benefisiar maqomi, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha faol ishlar, boy xomashyo resurslari hamda ushbu maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan qo‘shma loyihalar va tashabbuslarning mamlakat rahbariyati va hukumatning bevosita qo‘llab-quvvatlashi kiradi.
Uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning eng istiqbolli yo‘nalishlari energetika, kimyo, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati, metallurgiya, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, elektrotexnika, shuningdek, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash sohalaridir.
Germaniya bilan qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilish haqida gapiradigan bo‘lsak, forumning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi bilan umumiy qiymati 118 million AQSh dollariga teng 6 ta shartnoma imzolanganini alohida ta’kidlash joiz. Ular qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari oʻrtasida yangi texnologiyalarni rivojlantirish, taʼlim, tajriba almashishga qaratilgan.
Nemis biznesi vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasini, xususan, mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun qulay mehnat sharoitlari yaratilganini yuqori baholadi. Shuningdek, hamkorlikni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqish borasida qat’iy niyat bildirildi.
Forum dasturi B2B muzokaralar formatida davom etdi. Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlari kontekstida aniq holatlar va loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
2 мая, накануне визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Берлин (Германия), состоялся бизнес-форум, в котором приняли участие свыше 250 руководителей крупных компаний, холдингов и промышленных предприятий, банков, министерств, ведомств и отраслевых объединений двух стран.
Выступая с приветственным словом, заместитель Премьер-министра Республики Узбекистан Жамшид Ходжаев подчеркнул активное развитие двусторонних отношений Узбекистана и Германии за последние годы, что стало возможным благодаря доверию и политической воле глав обоих государств.
Отмечен рост объёмов взаимного товарооборота, который за пять лет увеличился вдвое. По итогам 2022 года показатели двусторонней торговли выросли ещё на 50 процентов и впервые превысили 1 миллиард евро. Последовательная динамика наблюдается также в инвестиционном взаимодействии и промышленной кооперации. Количество предприятий, созданных в Узбекистане с участием германского капитала, за несколько лет выросло почти в 3 раза и превысило 200 единиц. Совокупный объём освоенных германских инвестиций с 2017 года вырос в 11 раз и сегодня составляет более 4 миллиардов евро. Многие немецкие компании, в том числе MAN, CLAAS, Knauf, GP Papenburg, Viessmann, Deutsche Kabel и LEMKEN уже активно ведут и развивают свой бизнес в Узбекистане, а также запускают новые производства.
Внимание деловых кругов Германии обращено на созданные в нашей стране условия для комфортной работы иностранных инвесторов, а также сильные стороны экономики Узбекистана. В них входят высокий кадровый потенциал, стратегическое географическое положение, режимы свободной торговли со странами СНГ, наличие статуса бенефициара «GSP+», активная работа по вступлению во Всемирную торговую организацию, богатые сырьевые ресурсы и прямая поддержка руководства и правительства страны в реализации совместных проектов и инициатив.
Наиболее перспективными направлениями для выстраивания долгосрочного сотрудничества обозначены энергетика, химическая, пищевая и текстильная промышленности, металлургия, автомобилестроение, сельское хозяйство, производство строительных материалов, электротехники, а также фармацевтика и здравоохранение.
Говоря о сотрудничестве с Германией в сфере сельского хозяйства, стоит отметить, что уже в первой половине форума с делегацией Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан было подписано 6 договоров на общую сумму 118 миллионов долларов США, направленных на развитие новых технологий, образования, обмена опытом между специалистами в аграрной сфере.
Представители германского бизнеса дали высокую оценку экономическим реформам, осуществляемым в Узбекистане, результатом которых стали, в частности, комфортные условия работы в стране для иностранных инвесторов. Также было выражено твердое намерение по наращиванию сотрудничества и проработке новых совместных проектов.
Программа форума продолжилась в формате B2B-переговоров. Также были представлены презентации конкретных кейсов и проектов в разрезе различных отраслей экономики Узбекистана.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: