Agrar sohani isloh qilish, qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida jami 63 ta hujjatlar, shundan 6 ta O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 ta Farmoni, 26 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 42 ta qarori qabul qilinib, islohotlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi. Qishloq xo‘jaligida yer munosabatlarini tartibga solish, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish hamda sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifa, funksiya va vakolatlar vazirlikka o‘tkazildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilda 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 106,1 foizni (sh.j: dehqonchilikda 107,5%) tashkil etdi. Jumladan, 11,6 mln. tn (111,4%) sabzavotlar, 3,3 mln tn (115,8%) kartoshka, 2,3 mln tn (108,6%) poliz, 3 mln tn (106,3%) meva, 1,8 mln. tn (111,5%) uzum, shuningdek, 7,9 mln tn (104,8%) don va dukkakli don ekinlari, qariyb 3,4 mln tn (110%) paxta xomashyosi yetishtirildi.
Davlat tomonidan agrar sohani qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy manfaatdorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tizimli tadbirlar natijasida joriy yilda 1 gektar maydondan olingan o‘rtacha daromad 47,2 mln so‘mni (o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p) tashkil etdi.
Misol uchun, Andijon viloyatida 97,7 mln so‘mni, Samarqandda 86,5 mln so‘mni, Buxoroda 85,3 mln so‘mni, Namanganda 66 mln so‘mni, Farg‘onada 61,3 mln so‘mni, Navoiyda 52,3 mln so‘mni tashkil etib, Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi.
Yer va suv resurslaridan foydalanishga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirish, samaradorligini keskin oshirish yo‘nalishida ham izchil islohotlar amalga oshirilib, joriy yilda Yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida jami 274,8 ming ga (2020 yilda 101,8 ming ga, 2,7 barobar ko‘p) shundan, 99 ming ga sug‘oriladigan, 171 ming ga lalmi-yaylov va suv talab qilmaydigan ekin ekiladigan yerlar hamda 5 ming ga o‘rmon yerlari foydalanishga kiritildi.
O‘zlashtirish uchun Respublikada 1410 km sug‘orish tarmoqlari qurildi, 396 km kollektor tarmoqlari taʼmirlandi, 1522 dona quduq qazildi, 221 dona nasos agregatlari o‘rnatildi hamda 2169 km elektr uzatish tarmoqlari tortildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun joriy yilda foydalanishga kiritilgan yerlarning 247 ming gektariga (o‘tgan yilga nisb. 145 ming ga ko‘p) qishloq xo‘jaligi ekinlari shundan, 13 ming ga sabzavot, 18 ming ga poliz, 19,5 ming ga dukkakli, 12 ming ga moyli, 5,7 ming ga sholi, 12,8 ming ga dorivor, 43,7 ming ga ozuqa va 51 ming ga boshqa ekinlar joylashtirildi, shuningdek, 42,3 ming ga mevali bog‘lar hamda 29 ming ga tokzorlar barpo etildi.
Mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish uchun PQ-4919-son qaroriga muvofiq, hududlarda jami 512 ming ga yoki 2020 yilga nisbatan 5 barobar ko‘p maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi. (367 ming ga paxta, 49 ming ga g‘alla, 42 ming ga bog‘ va tokzorlar, 1 ming ga sabzavot-poliz hamda 53 ming ga boshqa ekinlar).
Jumladan, 194 ming ga tomchilatib, 11,2 ming ga yomg‘irlatib, 6 ming ga diskret, 78,8 ming ga egiluvchan quvur va 20,9 ming ga plyonka to‘shab sug‘orish joriy etildi va 201 ming ga yerlar lazerli tekislandi.
Yerlarni unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish bo‘yicha joriy yilda jami 903 ming ga (Xorazmda 217 ming ga, Qashqadaryoda 453 ming ga, Andijonda 233 ming ga) yerlarda tuproq sifatini baholash tadbirlari bajarildi.
Hududlarning tuproq iqlim sharoiti, suv resurslari bilan taʼminlanganligi hamda aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini inobatga olgan holda 4 mln 843 ming gektarga (2020 yilga nisb. 644 ming ga ko‘p) qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirildi (asosiy maydonda 3,1 mln, bog‘-tok orasida – 223,2 ming ga, takroriy – 816,4 ming ga, lalmi – 457,4 ming ga, o‘zlashtirilgan maydon – 198 ming ga).
Jumladan, 1 mln 38 ming ga g‘alla, 348 ming ga sabzavot, 171,5 ming ga poliz, 78,2 ming ga kartoshka, 200 ming ga moyli, 448 ming ga dukkakli, 725,6 ming ga ozuqa va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekildi.
Yerdan samarali foydalanish, aholiga yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarni ish bilan band qilish maqsadida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun 175 ming ga maydonlar 0,1 gektardan 1 gektargacha o‘lchamda 613,5 ming nafar yoshlarga ajratib berildi.
Mazkur maydonlardan joriy yilda jami 8,5 trln so‘mlik 2 mln tn qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi.
Maʼlumot uchun: QRda 10 ming ga yer (23,4 ming nafar), Andijonda 6 ming ga yer (30 ming nafarga), Buxoroda 23 ming ga yer (92,4 ming nafarga), Jizzaxda 7,7 ming ga yer (11,1 ming nafarga), Qashqadaryoda 4,4 ming ga yer (10,5 ming nafarga), Navoiyda 2 ming ga yer (6,5 ming nafarga), Namanganda 9 ming ga yer (49,5 ming nafarga), Samarqandda 63 ming ga yer (193,2 ming nafarga), Surxondaryoda 10,7 ming ga yer (47,7 ming nafarga), Sirdaryoda 6,7 ming ga yer (13,1 ming nafarga), Toshkent viloyatida 5,7 ming ga yer (19,6 ming nafarga), Farg‘onada 18 ming ga yer (85,8 ming nafarga) hamda Xorazmda 8,1 ming ga (33,8 ming nafar) yer maydonlari ajratib berildi.
Qishloq xo‘jaligida texnika taʼminotini yaxshilash hamda zamonaviy resurstejamkor texnologiyalar bilan taʼminlash maqsadida qiymati 983 mlrd so‘mlik 8 990 ta yuqori unumli texnika va agregatlar xarid qilindi.
Aholini sifatli va kafolatli meva va uzum mahsulotlari bilan taʼminlash hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 64 ming ga (2020 yilga nisb. 2 barobar ko‘p) mevali bog‘lar va 50,8 ming ga (2,5 barobar ko‘p) uzumzorlar barpo etilib, jami bog‘lar maydoni 293 ming gektarga, tokzorlar 133,7 ming gektarga yetdi.
Shu bilan birga, qariyb 800 gektar maydonda qiymati 2,3 trln so‘mlik 398 ta zamonaviy issiqxona ishga tushirildi va 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Respublikada issiqxonalar maydoni 5,5 ming gektarga yetkazildi.
Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishda 25 ta paxta-to‘qimachilik (106 ming ga), 80 ta g‘allachilik (801 ming ga), 13 ta sholichilik (17 ming ga) 2ta dorivor klasterlar yo‘lga qo‘yildi. Natijada joriy yilda 122 ta paxta-to‘qimachilik (qamrovi 100%), 157 ta g‘allachilik (100%), 146 ta meva-sabzavotchilik (40%), 29 ta sholichilik, 9 ta dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi klasterlar faoliyat yuritdi.
Klasterlar tomonidan sohaga ilm-fan, innovatsiyalar hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish natijasida, 3,4 mln tonna paxta, 7,8 mln tonnaga yaqin don yetishtirildi. O‘rtacha hosildorlik paxtada 29,8 sentnerdan 32,7 sentnerga (110%), g‘allada 57,6 sentnerdan 64,1 sentnerga (111%) oshdi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan qiymati 8,4 trln so‘mlik 54 ta, g‘allachilik klasterlari tomonidan 783,7 mlrd so‘mlik 42 ta, meva-sabzavotchilik klasterlari tomonidan 328 mlrd so‘mlik 22 ta jami 118 ta loyihalar ishga tushirilib, 24 ming nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, sohada qayta ishlash quvvatlarini oshirish bo‘yicha 463 ta yangi korxonalar ishga tushirildi va qayta ishlash quvvatlari meva-sabzavotda 2 960 ming tonnaga, go‘shtda 575 ming tonnaga, sutda 2 650 ming tonnaga yetdi.
Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, logistika quvvatlarini oshirish maqsadida, 8 ta (quvvati 88 ming tn) zamonaviy agrologistika markazlari, 56 ta (51,5 ming tn) sovutgichli omborxonalar ishga tushirildi, agrologistika korxonalari soni 59 taga, quvvati 826 ming tonnaga yetkazildi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlariga sifat menejmenti talablari asosida xalqaro standartlar joriy etildi. Xususan, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan sifat menejmenti talablari asosida jami 392 ta, shundan, 39 ta Global G.A.P., 5 ta Organic, 344 ta ISO 22000, 2 ta “HALAL” sertifikatlari olindi.
Nukus tumanida 52 ga sabzavot, Xo‘jaobodda 240 ga bog‘, Kitobda 189 ga anor, Nurotada 157 ga uzum, Parkentda 3 445 ga uzum, Mirzaobodda 7 ga anor, Yangiqo‘rg‘onda 386 ga meva-sabzavot, Quvasoy shahrida 400 ga bog‘, Baxmalda 250 ga olma bog‘lari organik mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirildi.
Xalqaro brendlarni jalb etish bo‘yicha Ukrainaning “Gruppa Nutritek” kompaniyasi (Nutritec brendi) bilan O‘zbekistonda bolalar taomlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi bo‘yicha memorandum imzolandi.
Maʼlumot uchun: Loyihaning qiymati 40 mln dollar, yillik quvvati 2-3 ming tn muddati 2022-2023 yy. 1-bosqichda 2 mln. doll, 2-bosqichda 28 mln. doll va 3-bosqichda 10 mln doll to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etish kutilmoqda.
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport geografiyasi kengayib, Amerika Samoasi, JAR, Makedoniya, Maldiv orollari, Marokash, Nepal, Sloveniya, Xorvatiya, Shvetsiya, Yamayka mamlakatlari bozorlariga yangi yo‘nalishlar ochilib, joriy yilda 961 mln dollarlik 1,5 mln tonnadan ortiq meva-sabzavotlar (70 ta davlat) hamda 60 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilindi.
Eksport ko‘rsatkichlari o‘tgan yilga nisbatan dukkakli mahsulotlarda 115 foiz, uzum mahsulotlarida 105 foiz, quritilgan meva-sabzavotlar hamda moyli mahsulotlarda 113 foizga o‘sdi.
XMIlar ishtirokida 7 ta loyiha doirasida jami 154 mln dollar o‘zlashtirilib, 367 ta sub loyihalar moliyalashtirildi va 7173 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Maʼlumot uchun: “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi doirasida 10,29 mln doll. (79%), “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida 57,73 mln doll. (166%), “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha 10,52 mln doll. (105%), “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 27,03 mln doll. (100%) hamda “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi doirasida 48,13 mln doll. (121%) mablag‘lar o‘zlashtirildi.
Loyihalarda 350 ga intensiv mevali bog‘lar barpo etildi, 160,5 ga zamonaviy issiqxonalar, 5000 tonna muzlatgichli omborxonalar tashkil etildi, qariyb 4 ming bosh yirik va mayda shoxli qoramollar olib kelindi hamda 223 ming boshga mo‘ljallangan parrandachilik komplekslari ishga tushirildi.
Jahon banki loyihasi (500 mln doll) doirasida 26 ta loyihalar moliyalashtirilib, 10 mln dollar mablag‘lar o‘zlashtirildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 5 ta loyiha doirasida jami 17,4 mln dollar o‘zlashtirildi.
Shuningdek, sohada agrobiznes muhitini yaxshilash hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni jadallashtirish bo‘yicha qiymati 71 mln dollarlik grant mablag‘lar hisobiga 25 ta yangi loyihalar amalga oshirildi.
Maʼlumot uchun: FAO dasturi 17 mln doll., (GIZ) “Orolbo‘yi hududlarida ekologik yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish” bo‘yicha 9,5 mln doll., USAIDning “Agrar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” bo‘yicha 18,9 mln doll.
Shuningdek, sohaga tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish jaddalashib, joriy yilning o‘zida umumiy qiymati 93,4 mln dollarlik 29 ta yangi grant va texnik ko‘mak loyihalari jalb qilindi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkil etilib, Milliy markaz tizimida jami 23,1 mlrd so‘mlik 52 ta ilmiy loyihalar amalga oshirildi.
Yuqorichirchiqda Agroxizmatlar markazi tashkil etilib, yagona darcha tamoyilida 17 ta yo‘nalishda 100 dan ortiq xizmatlar shuningdek, xususiy sektor – yirik agrokompaniyalar tomonidan 18 ta yo‘nalishda yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha agroxizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. 15 dan ortiq xalqaro ekspertlar jalb etildi.
Shuningdek, 5 ta laboratoriyada (o‘simliklarni himoya qilish, agrokimyo va tuproq tahlili, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, veterinariya va urug‘chilik laboratoriyalari) hamda biznes rejalarni tuzish, qo‘shimcha qiymatni rivojlantirish, bank xizmatlari, xorijiy kredit va grant liniyalarini taqdim etish kabi 45 dan ortiq xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
ToshDAU Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi.
ToshDAU dunyoning nufuzli 1 000 ta oliy taʼlim muassasalari ro‘yxati THEning (Times Higher Education) IMPACT RANKINGS xalqaro reytingida top-1000 taligidan o‘rin egalladi.
“Agrobank” ATB va vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda “Fermerlar maktabi” o‘quv kursi tashkil etildi va fermerlar uchun 100 ta nomda kitob va talabalarga 85 nomda o‘quv adabiyotlari ishlab chiqildi.
“E-IJARA”, “Geoaxborot”, “Yagona agroplatforma” “Davlat sinovlaridan o‘tgan, import qilingan va Respublikada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi va meloratsiya texnikalarning yagona davlat reyestri”, “Agrar sohada ajratiladigan subsidiyalar yagona davlat axborot tizimi” sinov tariqasida ishga tushirildi.
Maʼlumotlar ochiqligi asosida, ilg‘or xorijiy va mahalliy innovatsion tajribalarni qo‘llash orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, geoaxborot texnologiyalarini qo‘llagan holda qishloq xo‘jaligi yerlari to‘g‘risidagi aniq va shaffof maʼlumotlarni shakllantirish, tahlil qilish va yangi xizmat turlarini yaratish maqsadida Vazirlikning Geoaxborot tizimi joriy etildi.
Sohaga malakali, salohiyatli kadrlarni jalb etish bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vazirlik va hududiy boshqarmalarda mavjud vakant o‘rinlarga ochiq elektron tanlovlar o‘tkazilib, joriy yilning o‘zida 358 ta o‘rinlarga tanlov asosida munosib mutaxassis va rahbar kadrlar ishga qabul qilindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: