USAIDning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU) bilan hamkorlikda Butunjahon Yer kuniga bag‘ishlangan ekologik loyihalari tanlovini e’lon qildi.
Tanlov asosiy maqsadi – TDAU talabalarining barqaror rivojlanish va oqilona ekologik yechimlar bo‘yicha xabardorligini oshirish va o‘z universiteti hududlarini ko‘kalamzorlashtirish yo‘llarini tasavvur qilishga chorlash, shuningdek, agrarsohada zamonaviy, kreativ, eko-yo‘naltirilgan yondashuvlarni izlash va ushbu jarayonga yosh mutaxassislarni jalb qilishdan iborat.
Har yili 22-aprelda nishonlanadigan Butunjahon Yer kuni, 1970-yilda asos solingan va butun dunyo bo‘ylab uzoq muddatli ekologik barqarorlik haqidagi xabardorlikni oshirishga qaratilgan harakatga bag‘ishlanadi. “Global fikrla, lokal harakat qil” falsafasiga amal qilgan holda, tanlov TDAU talabalarini ekologik muammolarning yechimlari sifatida ham o‘z oliygohida, ham global miqyosda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan loyihalarni ishlab chiqishga undaydi. G‘oliblar esdalik sovg‘a va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Arizalar 2022-yil 25-martgacha qabul qilinadi.
Tanlov shartlarini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin. G‘oliblar, USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi va TDAU vakillaridan iborat maxsus tanlov komissiyasi tomonidan saralanib, 2022-yil 10-aprelgacha e’lon qilinadi. Talabalar 22-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazishadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: