Prezident 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni orden va medallar bilan taqdirladi.
Maxsus Farmon bilan mukofotlanganlar orasida o‘qituvchi va shifokorlar, olimlar va hunarmandlar, davlat va jamoat, madaniyat va san’at vakillari qatorida yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol qatnashib, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ham bor.
Jumladan, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan:
Noriyeva Sharofat Ergashevna – Sharof Rashidov tumanidagi «Gulchi opa tomorqa xizmati» klasteri rahbari, Jizzax viloyati;
Raximova Azizaxon Iminjanovna – Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Iminjon Muharram Bonu» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati;
Turdaliyeva Farida Ismatovna – Sardoba tumanidagi «Sardoba agro pilla» mas’uliyati cheklangan jamiyatining pillachi-inkubisti, Sirdaryo viloyati.
«Do‘stlik» ordeni bilan:
Annamuratova Muxabbat Shermanovna – Beruniy tumanidagi «Beruniy agro pillasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Xalimova Mastura Urunbayevna – Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining innovatsion loyiha rahbari.
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan:
Xasanova Firyuza Marifovna – Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri.
«Shuhrat» medali bilan:
Abilova Gulsin Baymanovna – Koson tumanidagi «Koson agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati;
Amanova Maxfurat Eshmuradovna – Toshkent davlat agrar universitetining meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi professori;
Karabekova Buvsara Razakovna – Zarbdor tumanidagi «Fidokor Firdavs» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati;
Qoriyeva Ra’noxon Faxriddinovna – Uychi tumanidagi «Barnogul-Ziyo Fayz» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati;
Nasirdinova Nodiraxon Abdugapparovna – Andijon shahridagi «Palma Sitrus» oilaviy korxonasi rahbari, Andijon viloyati;
Tursunova Sanobarxon Ergashevna – Qo‘shtepa tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Farg‘ona viloyati;
Usmonova Dilnoza Xamrakulovna – Boyovut tumanidagi «Guliston limon eksport» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati;
Xayitova Feruza Turdibayevna – Quyi Chirchiq tumanidagi «Quyi Chirchiq Agro Biznes» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: