DAVLAT TASHKILOTLARI, ILMIY-TADQIQOT INSTITUTLARI, OLIY O‘QUV YURTLARI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI DIQQATIGA!
AGRO.UZ > Yangiliklar > Fotoreportajlar > DAVLAT TASHKILOTLARI, ILMIY-TADQIQOT INSTITUTLARI, OLIY O‘QUV YURTLARI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI DIQQATIGA!
Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom Hamkorlik tashkiloti(ICESCO) tomonidan “Butun dunyo bo‘ylab ochlikka qarshi kurashish maqsadida biochiqindilardan foydalanib oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarish” mavzusida loyihalar tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlov o‘tkazishdan ko‘zlangan aniq maqsadlar:
biologik chiqindilardan komponentlarni olish bo‘yicha mavjud turli xil usullarini tanqidiy tahlil qilish;
innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va/yoki samaraliroq va arzonroq bo‘lgan mavjudlarini takomillashtirish;
biologik chiqindilardan olinadigan komponentlar asosida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni taklif qilish va ularning gigiyena va sanitariya sifatini ta’minlash.
Bunda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar etib quyidagilar ko‘rsatilgan:
turli komponentlarni ajratib olishning asosiy mavjud texnologiyalarini inventarizatsiya qilish va har birining kamchiliklarini ko‘rsatish;
iste’molchilar salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan innovatsion va qulay texnologiyalarni ishlab chiqish;
ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini aniqlash;
texnologiya va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ommalashtirish uchun strategiya ishlab chiqish.
Arizalarni (loyihalarni ilova qilgan xolda) qabul qilish muddati: 2023-yil 1-noyabrgacha
Mukofot: 100 ming AQSh dollarigacha
Mukofotlar quyidagi yo‘nalishlarda beriladi:
Yosh va ayol ixtirochilar;
Startaplar;
Muhandislik va biologik maktablar;
Student va yosh mutaxassislar.
* Tanlov va tashkilot to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni www.icesco.orgveb-sahifasi orqali olish mumkin.
* Tanlov bo’yicha qandaydir savollar bo’lgan taqdirdacontact@icesco.orgelectron manziliga murojaat qilish mumkin.
Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: