Yurtimizda tomorqadan unumli foydalanish, har bir hududni maʼlum bir turdagi mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati Namangan tumanida 1 378 gektar yer maydoni dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ajratib berilgan bo’lib, bugungi kunda dehqon xo‘jaliklari soni 1 196 tani tashkil etadi. Bu tumanda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekinlar yetishtirishga e’tibor berilgan. Chunonchi, ushbu tashabbus asosida 15 gektar yer maydonida 150 ta dehqon xo‘jaligi tashkil etilgan.
Har bir dehqon xo’jaligi 10 sotix yer maydonidan 1 700-1 800 kilogramdan mahsulot olishni rejalashtirilgan. Bu orqali dehqon xo‘jaliklari 30-35 mln atrofida daromad olishi mumkin. Bundan tashqari, tumanda takroriy ekin sifatida ozuqabop ekinlar ekish ham rejalashtirilgan.
Habibullo Mirzaabdullayevga qarashli 7 sotixli issiqxonaga yanvar oyida 2 200 dona pomidor ko‘chatlari ekilgan. Pishib yetilgan pomidorlar Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinadi. Bundan tashqari mahalliy bozorlarimizga ham issiqxonadan chiqqan pomidorlar yetkazib beriladi.
Umuman olganda, tumandagi ko‘plab xonadonlardagi tomorqalar haqiqiy daromad manbaiga aylanmoqda. Bu esa to‘kinlik poydevorini mustahakamlash barobarida bandlik muammolariga yechim bo‘lib xizmat qilmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: