Kartoshka aholi tomonidan eng ko‘p isteʼmol qilinadigan mahsulotlardan biridir. Shu bois ham ushbu tarmoqni rivojlantirish doimo muhim hisoblanadi. Ammo butun dunyoda kuzatilgan “Covid-19” pandemiyasi tarmoq rivojiga, aholini sifatli kartoshka bilan taʼminlash zanjiriga o‘z taʼsirini o‘tkazdi. Bu kabi salbiy taʼsirlarga o‘z vaqtida va munosib javob qaytarish lozim. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida 2 yil mobaynida amalga oshirilgan loyiha esa aynan ushbu ta’sirlarga munosib javob berishga intildi.
Joriy yilning 12-iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Covid-19 pandemiyasiga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha yakuniy seminar ikki yil mobaynida amalga oshirilgan ishlarning sarhisobi hisoblanadi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakillari, milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Meva-uzumchilik, sabzavot-polizchilik va kartoshkachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Akmal Mirzayev seminarni kirish so‘zi bilan ochib berdi:
“Bugungi kunda O‘zbekistondagi kartoshkachilik imkoniyatlarini inobatga olib, biz ikki yil oldingi davrga nazar tashlasak, 1 gektar yer maydonidan 20-25 tonnagacha hosil olinardi. Hozirda kartoshkachilikda ham innovatsion, ilg‘or texnologiyalarni, xususan, tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orishni qo‘llagan holda har bir gektar yerdan 40-45 tonnagacha hosil olishga erishgan fermer xo‘jaliklarimiz mavjud. Albatta, bunda respublikamizdagi kartoshka ekiladigan maydonlarning tuprog‘ini, suv taʼminoti, ob-havosini inobatga olish kerak. Bizda aynan shunday kartoshkachilikni rivojlantirishga mos Bo‘stonliq, Jomboy, Kitob kabi tumanlar mavjud va ularning ro‘yxatini davom ettirish mumkin”.
Tadbirda ushbu loyiha doirasida ikki yil mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar, muammolar va yechimlarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Xususan, O‘zbekistonda o‘rtacha 200 ming gektarda kartoshka yetishtiriladi. Har bir gektarga 3,5 tonnadan kartoshka urug‘i ekiladi. Yurtimizda 9 ta yirik urug‘chilik kompaniyasi va 705 ta fermer xo‘jaliklari mavjud. Bugun kartoshkachilik nafaqat fermer xo‘jaliklari, balki kichik tomorqa yer egalari, dehqonlar uchun ham daromad manbai hisoblanadi.
Tadbirda onlayn ishtirok etgan xalqaro mutaxassis Zolt Polgarning maʼruzasi ham ko‘pchilikning eʼtiborini tortdi:“O‘zbekistonda yetishtirilaytogan кartoshka aholi ehtiyojini qondirishishga yetarli bo‘lmaganligi sababli, mamlakatga import qilish zarurati paydo bo‘ldi. Shu bois ham respublikangizda tarmoqni rivojlantirishga ehtiyoj tug‘ildi. Bunda ilm-fanni uyg‘unlashtirib, yo‘nalishdagi tadqiqot qobiliyatlarni, fermerlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish talab etiladi. Rasmiy jihatdan bu uchta natijada o‘zini aksini topgan:
Biz bu loyihaga qo‘l urganimizda haliyam koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar mavjud edi. Shunga qaramasdan uni amaliyotga tadbiq etishda milliy va xalqaro ekspertlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va mutaxassislar o‘z yordamlarini ayashmadi. Bu loyihani rivojlantirish bundan keyin ham davom etadi. Endi faqatgina nazariya bilan emas, balki o‘rganilganlarni, xulosalarni amaliyotga tatbiq etish kerak bo‘ladi”.
Loyihaning asosiy maqsadi yuqori, barqaror va sifatli hosil yetishtirish orqali O‘zbekistonda kartoshkachilik tarmog‘ining ishlab chiqarish salohiyatini oshirishdan iborat edi. Uning doirasida Vengriya, Xitoy, Turkiyaning tajribalari o‘rganildi, boshqa kartoshkachilik bilan shug‘ullanayotgan davlatlarning tajribalari tahlil qilindi. Mamlakatimizda kartoshkachilik bilan shug‘ullanayotgan10 ta viloyatdagi 40 dan ziyod tumanlarda mavjud holatlar o‘rganildi, tahlil qilindi. O‘zbekistonda kartoshkachilikka eʼtibor katta. Hattoki, oxirgi qabul qilingan huquqiy hujjatlar ham bu yo‘nalishni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, loyiha doirasida O‘zbekistonda oziq-ovqat va urug‘lik kartoshka ishlab chiqarish, shuningdek, urug‘lik kartoshkani sertifikatlash tizimi bo‘yicha SWOT tahlili amalga oshirildi. Ushbu usul tashqi tahdid va imkoniyatlarni hisobga olgan holda sohani rivojlantirishdagi haqiqiy vaziyatni ko‘rish, shuningdek, harakatlar rejasini tuzish va keyinchalik kuchli va zaif tomonlarni hisobga olgan holda kartoshka sektorini rivojlantirish bo‘yicha asosiy qarorlarni qabul qilish imkonini beradi.
“Covid-19 pandemiyasiga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” loyihasining amalga oshirilishi O‘zbekistonda ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan barqaror kartoshka ishlab chiqarish tizimini rivojlantirishga yordam berdi. Shu maqsadda kartoshka navlarini ro‘yxatga olish va urug‘larni sertifikatlash tizimini takomillashtirish, kartoshka ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, mahsulotlarni saqlash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadqiqotlarni takomillashtirish, shuningdek, fermerlar, agronomlar va ushbu sohada ishlaydigan boshqa mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borildi.
Loyiha yakunlangan bo‘lsa-da, yakuniy seminarda ta’kidlanganidek, kartoshkachilikda hali qilinadigan ishlar ko‘p. Asosiysi, o‘rganishlardan va ta’kidlanganlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, tarmoqni yanada rivojlantirishda davom etishdir.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: