Joriy yilning 11-oktyabr kuni Toshkentda ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Chexiya Respublikasi Sanoat va transport ittifoqi ko‘magida tashkil etilgan birinchi O‘zbekiston-Chexiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Chexiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Marek Vyborniy, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, shuningdek, ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi birlashmalari, korxona va tashkilotlari vakillari ham ishtirok etishdi.
Forumning asosiy maqsadi muloqot o‘rnatish va o‘zaro manfaat keltirishi mumkin bo‘lgan qo‘shma istiqbolli loyihalarni aniqlash uchun platforma yaratish va rivojlantirishdan iborat.
Aytish kerakki, ayni paytda mamlakatimiz iqtisodiyotining boshqa sohalarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi 36 million aholiga ega O‘zbekiston iqtisodiyotining yirik tarmoqlaridan biridir.
O‘tgan yili uning yalpi ichki mahsulotga qo‘shgan hissasi 27 foizni tashkil etdi. O‘zbekiston o‘zining noyob geografik joylashuvi va barcha davlatlar bilan do‘stona tashqi siyosati tufayli 100 millionlik Markaziy Osiyo bozoriga kirish eshigi hisoblanadi.
O‘zbekiston aholisining har yili 1 million kishiga o‘sishi ham O‘zbekiston ichki bozorining istiqbolidan dalolat beradi va barqaror o‘sib borayotgan talabni kafolatlaydi.
Bugungi kunda O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi savdo aloqalari ijobiy o‘sish dinamikasini ko‘rsatmoqda.
Bu ishlarning davomi o‘laroq, O‘zbekiston Qishloq xo‘jalig vazir hamda Chexiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Marek Vyborniy o‘rtasida anglashuv memorandum imzolandi. Bu esa ikki davlat savdo salohiyatini yanada oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2022-yil boshidan joriy yilning oktyabr oyigacha mamlakatlar o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tovar ayirboshlash hajmi bor-yo‘g‘i 4 million dollarni tashkil etgan. Bugungi bo‘lib o‘tgan biznes-forum esa bu ko‘rsatkichni bir necha barobarga oshirishga xizmat qiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: