Oʼzbekiston Respublikasi qishloq xoʼjaligi vazirining oʼrinbosari А. Karimov boshchiligidagi mamlakat qishloq xoʼjaligi sohasi vakillaridan iborat delegatsiya Turkiyaga tashrif buyurdi.
Аvval xabar berganimizdek, sentyabrda Oʼzbekiston Qishloq xoʼjaligi vazirligi hamda Turkiya Qishloq va oʼrmon xoʼjaligi vazirligi oʼrtasida “Qishloq xoʼjaligini davlat tomonidan qoʼllab quvvatlash va sugʼurtalash sohasida hamkorlik qilish toʼgʼrisida”gi qoʼshma bayonot hamda yoʼl xaritasi imzolangandi.
Mazkur qoʼshma bayonot ijrosi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vaziri oʼrinbosari А.Karimov rahbarligidagi delegatsiya vakillari Turkiya Respublikasida boʼlib turibdi. Tashrif davomida Turkiya Qishloq va oʼrmon xoʼjaligi vaziri oʼrinbosari Ahmet Gumen bilan Turkiya sugʼurta qonunchiligini tartib-taomillarini Oʼzbekiston Respublikasida tatbiq etish boʼyicha oʼzaro fikr almashilib, hamkorlikda qonun loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Shuningdek, Turkiya Qishloq va oʼrmon xoʼjaligi vazirligining Qishloq xoʼjaligi islohotlari departamenti mudiri Osman Yildiz va departament tarkibiy tuzilmasi rahbarlari bilan Turkiya Qishloq xoʼjaligi sugʼurtasining tarixi, joriy etilishi bosqichlari, erishilgan yutuqlar toʼgʼrisida maʼlumot olindi va ushbu tizimni Oʼzbekistonda joriy etish yoʼnalishlari muhokama qilindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: