O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari hamda mahalliy tadbirkorlardan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan “TUTTO FOOD” Xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Yevropaning yirik xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmalaridan biri bo‘lgan ushbu tadbir har ikki yilda bir marotaba Italiyada o‘tkaziladi.
Bu yilgi ko‘rgazmada ham dunyoning 100 ga yaqin davlatidan oziq-ovqat tarmog‘ida faoliyat yurituvchi 2 500 dan ziyod kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi. Shuningdek, davlatimizdagi 21 ta korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 34 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, sharbatlar, sut, qandolat mahsulotlari, tabiiy hamda sublimatsion usulda quritilgan mahsulotlar, dorivor choylar va boshqalar ham ko‘rgazma peshtaxtalaridan o‘rin oldi.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan va qayta ishlangan mahsulotlar bilan tanishib, ularni tatib ko‘rishdi hamda unutilmas taassurotlarini yashirib o‘tirishmadi.
Ko‘rgazma doirasida mamlakatimiz vakillari quyidagi natijalarga erishishdi:
“TUTTO FOOD” xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida xorijiy yirik tijorat kompaniyalari bilan 2023-2026-yillar davomida 42 million dollarlik eksport kelishuvlari imzolandi;
“SISAI SRL” (Italiya) kompaniyasi prezidenti Flavio Ramella bilan respublikamizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini xorijiy yirik bozorlarga eksport qilish bo‘yicha kelishildi;
“Brevis SRLS”(Italiya) kompaniyasining tijorat masalalari bo‘yicha direktori Davide Vismara bilan Italiya va Kuba davlatlariga O‘zbekistondan qayta ishlangan meva-sabzavotlar, dukkakli, sut-go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi;
“International Italia SRL”(Italiya) kompaniyasining biznes aloqalar menejeri Alessandro Simon bilan O‘rta sharq va Osiyo davlatlariga eksport qilish bo‘yicha (10 mln AQSh dollar) kelishuvga erishildi.
“CNS FOODS”(Janubiy Afrika) kompaniyasi ijrochi direktori Marios Kapnias va “Oil and More” kompaniyasi direktori Jonni Xella bilan Janubiy Afrika va Misr davlatiga quritilgan mevalar, dukkakli mahsulotlar, ziravorlar va boshqa mahsulotlarni O‘zbekistondan xorijga (10 mln dollar) eksport qilish bo‘yicha kelishuvlar tasdiqlandi;
“Bagtlyarlyk market” (Turkmaniston) kompaniyasi bilan hamkorlikda mamlakatimizdan qovurilgan pista, meva pastalari va qurt mahsulotlarini Turkmanistonga ( 2 mln dollar) eksport qilishga kelishildi;
“The Horeca”(Armaniston) kompaniyasi menejeri bilan O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini (qiymati 3 mln dollarga teng bo‘lgan) kengaytirishga kelishildi.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida muhokama etilgan mavzular:
“Masotti Casello”(Italiya) kompaniyasi vakili bilan O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarga Italiya va Yevropa bozoriga kirishda, eksport qilish, Italiyadagi salohiyatli investorlarni topish va ular bilan hamkorlik qilishda huquqiy va moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish masalalari;
“Sint Tecnologie SRL” va “EXETRA”(Italiya) kompaniyasi bilan meva-sabzavot, go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlovchi texnologiyalarni O‘zbekiston tadbirkorlari uchun “SACE” eksport kredit agentligi mablag‘lari (investitsiyasi) hisobidan yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi;
“TUTTO FOOD” xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va eksport salohiyati uchun har tomonlama manfaatli va kelishuvlarga boy tarzda o‘tdi.
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: