Qishloq xo‘jaligi vazirligida Yaponiya Tibbiyot akademiyasi “Yakuzemi” axborot ta’lim markazi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda “Yakuzemi” axborot ta’lim markazi xalqaro bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Suzuki R yofu, “Yakuzemi” ATMning O‘zbekistondagi vakili Mansur Umirov hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish departamenti, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari boshqarmasi, yerlar degradatsiyasi, qurg‘oqchilik va cho‘llanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ishlov berish bo‘limi hamda Texnik, moyli va dorivor o‘simliklarni rivojlantirish boshqarmasi rahbarlari va mutaxassislari qatnashishdi.
Uchrashuvda Yaponiyaning xalqaro ko‘mak dasturlari doirasida O‘zbekistonning qurg‘oqchil va sho‘rlangan hududlarida ayrim istiqbolli dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha agrotexnologiyalarni joriy etish orqali suvni tejash va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama etildi. Yaponiya Tibbiyot akademiyasi “Yakuzemi” axborot ta’lim markazi imkoniyatlaridan foydalangan holda, dorivor o‘simliklar yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi qishloq xo‘jaligi mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.
Shuningdek, JICA kabi xalqaro tashkilotlarga moliyalashtirish uchun loyiha kiritishning o‘ziga xos jihatlari xususifda fikr almashildi.
Tadbir nihoyasida ikki tomonlama hamkorlik bayonnomasini imzolashga kelishib olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: