7-8-sentyabr kunlari Samarqand shahrida, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning hamkorligida Oziq ovqat xafsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etiladi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash global ahamiyatga ega, iinsoniyat hal qilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Zero u nafaqat insoniyatni ochlikdan himoya qilish, balki aholi turmush tarzini yaxshilash, salomatligini muhofaza qilish va iqtisodiy farovonligini ta’minlash uchun ham zamin bo‘ladi.
Samarqandda o‘tadigan xalqaro konferensiyadan mana shunday masalalar yechimini izlash va bu boradagi sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish maqsadlari ko‘zlangan.
Jumladan, xalqaro konferensiya jahonda va Markaziy Osiyo mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligining hozirgi kundagi holatini o‘rganish, Barqaror taraqqiyot maqsadlari-2 (BTM-2)ga erishishga to‘sqinlik qilayotgan agrooziq-ovqat tizimidagi ayrim muammolarni muhokama qilish va ushbu masalalar yechimini topishga qaratilgan. Tadbirda BTM-2 ga kiruvchi, 2030 yilgacha ochlikni bartaraf qilish, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash, qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishni o‘z ichiga olgan “Nol ochlik” maqsadiga erishish borasidagi chora-tadbirlar qanday amalga oshirilayotgani chuqur tahlil qilinadi.
Konferensiyada O‘zbekiston davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar yetakchilari, 70 dan ziyod mamlakatlar qiishloq xo‘jaligi vazirlari, shuningdek yuzlab mahalliy va xorijiy ekspertlar, agromutaxassislar qatnashishi kutilmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: