Xitoyning Sian shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari vakillari ham qator taqdimotlar, uchrashuvlar, muzokaralar o‘tkazmoqda.
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan klasterlar, fermer xo‘jaliklari va biznes doiralari vakillari O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumidagi ishtirok bilan kifoyalanib qolmaydi. Ular Forum doirasida tashkil etilgan B2B va G2B formatidagi uchrashuvlarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi salohiyatini aks ettiruvchi taqdimotlar o‘tkazmoqdalar. Xitoyning davlat muassasalari va biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlarda qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika va eng so‘nggi agrotexnologiyalar bilan ta’minlashdan tortib, urug‘chilik, organik mahsulot yetishtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashgacha bo‘lgan keng ko‘lamdagi va turfa yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan masalalar o‘rganilmoqda.
Qayd etish kerakki, Xitoy tomonida O‘zbekistondagi paxta va g‘alla kalsterlari, meva-sabzavot yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga qiziqish katta. Forum ishtirokchilarining salmoqli qismi aynan ular bilan uchrashish maqsadida tashrif buyurganlar. Bu esa, qishloq xo‘jaligiga kiritiladigan sarmoyalarning kengayishi hamda diversifikatsiyalanishini ta’minlaydi. Bugungi forum ruhiyati ana shunga dalolat qilmoqda.
На узбекско-китайском бизнес-форуме в г. Сиань, Китай, представители сельскохозяйственных предприятий, действующих в нашей стране, проводят ряд презентаций, встреч и переговоров.
Представители кластеров, фермерских хозяйств и деловых кругов, работающих в Узбекистане, не ограничиваются только участием в узбекско-китайском бизнес-форуме. Они также проводят презентации, отражающие потенциал сельского хозяйства республики, на встречах формата B2B и G2B, организуемых в рамках форума. На встречах с представителями китайских государственных структур и деловых кругов обсуждаются вопросы обеспечения сельского хозяйства современной техникой и новейшими агротехнологиями, семеноводства, выращивания органической продукции и переработки сельхозпродукции.
Следует отметить, что китайская сторона очень заинтересована в хлопковом и зерновом кластерах, а также плодоовощных хозяйствах Узбекистана.
Привлечение китайских инвесторов в отрасль обеспечит расширение и диверсификацию инвестиций в сельское хозяйство. Об этом свидетельствует общее настроение, царящее на сегодняшнем форуме.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: