Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rektori Munira Aminova va professor o‘qituvchilardan iborat guruh Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasiga tashrif buyurishdi.
Dastlab an’anaga muvofiq, davlat unitar korxonasining faoliyati bilan tanishildi. Bu yerdagi zamonaviy laboratoriya va undagi asbob-uskunalar, mutaxassislarning ilmiy salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, tinim bilmay ishlayotgan texnologiyalarning o‘ziga xosliklari to‘g‘risidagi maʼlumotlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, korxona faoliyatiga oid suratga olingan filmlar qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
“Bugun sohada talabalar, yosh mutaxassislar juda ko‘p. Lekin ularning barchasi ham tuproqning tahlili, uni amalga oshirish jarayonini to‘liq tushunmaydi. Tushunsa ham, nazariy jihatdan bilishi mumkin, ammo amaliyotda buni o‘zi bajara olmaydi. Mana biz ham qishloq xo‘jaligida zamon bilan hamnafas bo‘lgan talabalarni o‘qityapmiz. Maqsadimiz, ular qishloq xo‘jaligining rivojiga xizmat qilsin. Buning uchun esa, avvalo, ularda nazariya bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar ham shakllanishi lozim. Talabalarimiz ushbu hamkorligimizdan so‘ng sizning korxonangizga kelib, bevosita amaliyotni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishsin, tuproqni qo‘li bilan ushlab, uni tahlilini o‘zlari amalga oshirsin. Ana shundagina biz qishloq xo‘jaligimizni amaliy jihatdan puxta o‘rgangan va uni xalqaro miqyosida tatbiq eta oladigan mutaxassislar yetishtirib bergan bo‘lamiz”, — dedi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rektori Munira Aminova.
O‘zaro tanishuv va samimiy suhbatdan so‘ng ikki tomon o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti va davlat unitar korxonasi hamkorlikdagi tadqiqot ishlarining samaradorligi, ilmiy mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish borasida kelishuvga erishildi. Shuningdek, ushbu hamkorlik maqsadiga binoan, tomonlar o‘rtasida ilmiy o‘quv dasturlari, ilmiy tadqiqotlar ishlab chiqarish faoliyatini olib borish hamda salohiyatli kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga yo‘naltirish o‘zaro manfaatli hamkorlikka asos bo‘ladi.
Memorandumga ko‘ra, tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishadi:
Ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan memorandum imzolangani to‘g‘risida”Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi direktori Odil Jabborov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
“Bugungi kunda barcha sohada jahon talablariga mos keladigan mutaxassislarga tuproq tahlillarini o‘tkazish yo‘nalishi ham muhtoj. Shuni inobatga olib, biz Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rahbariyati bilan birgalikda tuproqshunoslik sohasida tajribali mutaxassislar tayyorlash, ilm-fanni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish maqsadida ushbu memorandumni imzoladik. Asosiy reja sifatida, universitet talabalarining malakaviy ishlarini, amaliyotlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ushbu laboratoriyamizda amalga oshirish ko‘zlanmoqda. Shuningdek, korxonamizning yetuk mutaxassislari universitetga borib, sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini talabalar bilan o‘rtoqlashishadi. Ushbu universitetni tamomlagan talabalar kelgusida bizning korxonada o‘z faoliyatlarini davom ettirishlarini va birgalikda ko‘plab yutuqlarga erishishni maqsad qildik”.
Mazkur memorandumning imzolanishi sohaga malakali kadrlarni yetkazib berish, tuproq tahlili bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar unumdorligini ta’minlash hamda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Ректор Международного сельскохозяйственного университета Мунира Аминова вместе с профессорско-преподавательским составом посетила государственное унитарное предприятие «Аналитический центр качества, состава и репозитории почв» при Министерстве сельского хозяйства. По традиции, вначале состоялось знакомство с деятельностью и спецификой предприятия. Большой интерес вызвали возможности современной лаборатории, работа по повышению научного потенциала специалистов и особенности применяемых технологических ноу-хау. Достаточно насыщенным был и обмен мнениями после просмотра фильмов о деятельности структурного подразделения Министерства сельского хозяйства.
«Сегодня в агросфере много студентов и молодых специалистов. Но не все из них до конца понимают значение анализа почвы и процессов, связанных с ним. Быть может, в теории они и знают об этом, но на практике выполнить поставленную задачу у них вряд ли получится. Мы обучаем студентов, которые идут в ногу со временем. Наша цель – чтобы они внесли свой вклад в развитие сельского хозяйства. Для этого, в первую очередь, они должны наряду с теорией осваивать и практические навыки. Пусть наши студенты приедут к вам на предприятие и увидят всё своими глазами, почувствуют почву руками, сами проанализируют ее состав. Только так мы подготовим специалистов высокого класса, которые смогут привнести что-то новое и внедрить его в международном масштабе», — сказала ректор Международного сельскохозяйственного университета Мунира Аминова.
После знакомства и открытого разговора между сторонами был подписан меморандум о сотрудничестве. Согласно документу между Международным сельскохозяйственным университетом и ГУП, достигнута договоренность о совместной научно-исследовательской работе и подготовке и повышении квалификации научных кадров. Также основой взаимовыгодного сотрудничества будет проведение научно-образовательных программ и научно-исследовательской производственной деятельности, включающей подготовку кадров и повышение их квалификации. Согласно меморандуму, стороны будут сотрудничать по следующим направлениям:
Директор ГУП «Аналитический центр качества, состава и репозитории почв» Одил Джаббаров поделился своим мнением по поводу подписания взаимовыгодного меморандума:
«Сегодня во всех сферах нужны специалисты мирового уровня, в том числе и по направлению мониторинга и анализа почвы. Прекрасно осознавая это, мы подписали меморандум с руководством Международного сельскохозяйственного университета с целью подготовки квалифицированных специалистов в сфере почвоведения и интеграции науки с производством. Главное, что планируется проведение квалификационных работ и стажировок студентов университета в этой международной аккредитованной лаборатории. Также ведущие специалисты нашей организации будут делиться своими знаниями и навыками непосредственно в университете. Мы надеемся, что студенты, окончившие этот вуз, продолжат свою деятельность в сфере и на нашем предприятии и мы вместе добьёмся больших результатов».
Надеемся, что подписанный меморандум и реализация поставленных в нем задач станут важным шагом в повышении научного потенциала Узбекистана и его признании на международной арене.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: