O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son “Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2021-yil 15-noyabrdagi PQ-10-son “Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda bug‘doyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narxini e’lon qiladi.
Jahon bozori hamda mintaqaviy tovar birjalaridagi g‘alla xarid narxlari tahlili natijalariga ko‘ra va mahalliy xarajatlarni inobatga olgan holda kelgusi 2023-yil g‘alla hosili uchun indikativ narxlar ishlab chiqildi.
2023-yilda kutilayotgan indikativ narx 1 tonna g‘alla hosili uchun 3 mln so‘mni tashkil etadi. Aytish joizki, bozor narxlaridan kelib chiqqan holda har chorakda kutilayotgan narxga tuzatishlar kiritilib, OAVda e’lon qilib boriladi.
Mazkur indikativ narx tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, g‘alla yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi subyektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida g‘alla xarid narxlarini o‘zaro manfatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilaydilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: