Toshkent davlat agrar universitetida quruq mevalar eksportini rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” va davlat-xususiy platformasini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
UNCTD/WTO huzuridagi Xalqaro savdo markazi (ITC)ning “Savdoni Sharq sari ilgarilatish: Bolqon davlatlari va Markaziy Osiyo” loyihasi doirasida tashkil etilgan davra suhbatida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari, Toshkent davlat agrar universiteti mutaxassislari, xalqaro ekspertlar, shuningdek mevani qayta ishlash va eksport qilish sohasidagi yetakchi tadbirkorlik subyektlari vakillari qatnashdilar.
Tadbirda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida quruq mevalarni tayyorlash va eksport qilish muhim o‘rin tutadi. Davlat tomonidan bu sohani rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelinadi. Shunday bo‘lsa-da, jahon bozorida keyingi yillarda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbekistonlik quruq meva tayyorlovchi fermerlardan tortib to ularni chetga sotuvchi eksportchilargacha o‘z faoliyatlarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda.
Sohadagi o‘zgarishlarni izchil va hamma uchun birdek manfaatli o‘zanda olib borish maqsadida davlat hamda xususiy sektor vakillari ishtirokida maxsus “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga qaror qilindi. Besh yilga mo‘ljallangan ushbu yo‘l xaritasining mantiqiy davomi o‘laroq, davlat-xususiy platforma ham tashkil etiladi, u quruq mevalar tayyorlash va eksport qilishning butun siklida davlat hamda xususiy sektor o‘rtasida muntazam muloqotni ta’minlaydi.
Davra suhbati ishtirokchilari “Yo‘l xaritasi”da qanday chora-tadbirlar aks etishi, ushbu hujjatni tuzish, joriy qilish masalalari, quruq mevalar eksportiga oid davlat-xususiy platformaning ishlash mexanizmlari xususida fikr almashdilar. Bu borada xalqaro ekspert tomonidan berilgan tavsiya va takliflar o‘rganildi.
Xususan, platforma davlat va bevosita eksportchilarnigina emas, balki meva-sabzavot yetishtiruvchilar, sohadagi ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar faoliyatini ham qamrab olishi lozimligi ta’kidlandi. Tadbirda qatnashchilar bu kabi davra suhbatlarini muntazam o‘tkazib borishga kelishib oldilar.
В Ташкентском государственном аграрном университете состоялся круглый стол по формированию «Дорожной карты», направленной на развитие экспорта сухофруктов и создание государственно-частной платформы.
В мероприятии, организованном в рамках проекта «Продвижение торговли к Востоку: Балканские государства и Центральная Азия» Международного торогового центра (ITC) при UNCTD/WTO, приняли участие представители Министерства сельского хозяйства Узбекистана, специалисты Ташкентского государственного аграрного университета, международные эксперты, а также руководство компаний — ведущих субъектов предпринимательства в сфере переработки и экспорта фруктов.
Отмечалось, что производство и экспорт сухофруктов занимает важное место в агропромышленном комплексе Узбекистана. Государство уделяет особое внимание развитию данного направления. Тем не менее, ситуация, сложившаяся в последние годы на мировом рынке, требует пересмотра приоритетов деятельности, начиная от фермеров, производящих сухофрукты, и заканчивая экспортными структурами.
Было принято решение разработать специальную «Дорожную карту» с участием представителей государственного и частного секторов в целях последовательной и взаимовыгодной трансформации в сфере. В качестве логического продолжения этой, рассчитанной на пять лет дорожной карты, станет государственно-частная платформа, которая обеспечит постоянную связь между государственными органами и бизнесом на протяжении всего цикла производства и экспорта сухофруктов.
Участники круглого стола обсудили, какие меры должны быть отражены в «Дорожной карте», вопросы разработки и реализации этого документа, механизмы государственно-частной платформы по экспорту сухофруктов. Потому были изучены рекомендации и предложения международного эксперта. В частности, было подчеркнуто, что платформа должна охватывать не только государство и прямых экспортеров, но и деятельность плодоовощеводов, образовательных учреждений, научных центров в этой сфере. Участники мероприятия договорились регулярно проводить подобные круглые столы.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: