Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida bosh salat seleksiyasi va yetishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Institutda bosh salatning 10 ga yaqin xorij davlatlaridan keltirilgan 20 ta nav namunalari o‘rganilmoqda. Seleksiya ishlari natijasida istiqbolli L-17 liniyasi ixtiro qilindi (Ushbu nav seleksiya ishlarining so‘nggi bosqichida).
2021-yilda 878 ming dollar qiymatidagi 1219,8 ming tonna aysberg salati Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya va Chexiya davlatlariga eksport qilingan.
Dunyo bo‘yicha sabzavotlarning 1200 dan ortiq turi uchraydi, shundan 600 ko‘p turi madaniylashgan: Yaponiyada 180-200 ta, Rossiyada 80-90 ta, Yevropada 100-120 ta. Oziq-ovqat ehtiyojlari uchun yurtimizda 35-40 ta, asosiy iste’mol qilinadigani 10-12 ta turni tashkil qiladi. Respublikada “mahsulot liniyasi”ni kengaytirish uchun ehtiyoj bor. Mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot muassasalarida esa bu masalani hal etish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida salat asosan issiqxona sabzavoti hisoblanadi. G‘arbiy Yevropa, AQSH, Yaponiyada keng tarqalgan bo‘lib, u yerda aholi jon boshiga yiliga 10 kg dan ortiq ishlab chiqariladi. Boshqa sabzavotlar bilan taqqoslaganda, ushbu sabzavot qisqa vegetatsiya davrili, butun yer ustki qismining isteʼmolbopligi, yetishtirishning kam xarajatliligi, yil davomida hosil olish imkoniyati kabi afzalliklarga ega.
Aysberg – bosh salatining navlaridan biri. Uning o‘ziga xos xususiyatlari – tiniq shirin bargi va karamning zich boshi. Aysberg salatining asosiy afzalligi – uzoq muddatli saqlash imkoniyatidir. Zich strukturasi tufayli u so‘nmaydi va uzoq vaqt davomida yangi bo‘lib qoladi. Tozalash va tashish uchun qulay. Bu afzalliklar ushbu hosilni eksport qilish uchun jozibador omillardir.
Salatning (Lactuca sativa L.) botanik turi Astradoshlar (Asteraceae) (Murakkabguldoshlar) oilasiga mansubdir. Salat mazali parhez mahsulotidir. Unda shakar 3-6%, oqsil 3%, kaliy mineral tuzi, kalsiy, fosfor, temir, uglevodlar yaxshi saqlangan. U multivitaminli o‘simlik bo‘lib, karotin, С, В6 vitaminlar, biotin, nikotin va foliy kislotalariga ega. Bosh salat navlarida karotin va В guruhidigi vitaminlar oqbosh karamga nisbatan ancha yuqori. Undagi Р vitamini mavjudligi migren, meningit va gipertoniyani davolashda juda foydali hisoblanadi.
O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Multimedia markazi tomonidan vazirlikning Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti maʼlumoti asosida tayyorlandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: