Mamlakatimizda uzum yetishtirish borasida Oltiariq mirishkorlari tomonidan ulkan tajriba to‘plangan. So‘lim Farg‘onaning ushbu tumani mazasi tilni yoradigan uzumlari bilan yurtimizning barcha hududlarida mashhurlikka erishgan. Bu yerda deyarli har bir oila uzum yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, birinchi uzumchilik tomorqa va dehqonchilik kooperativlari ham aynan mana shu tumanda faoliyat yuritgan.
Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashriflari davomida suvsiz, rentabelligi past hududlarda uzumzorlarni barpo etish bo‘yicha tashabbuslaridan kelib chiqqan holda barcha viloyatlarda o‘quv-seminarlari o‘tkazilib, Oltiariq tajribasi asosida uzumzorlarni tashkil etish bo‘yicha zarur-chora tadbirlar belgilanmoqda.
Jumladan Andijon, Sirdaryo, Namangan, Samarqand, Buxoro viloyatlarining qator tumanlarida uzumzorlarni tashkil etishda Oltiariq tajribasini qo‘llashga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlari o‘tkazilib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi belgilab olinmoqda.
Bu kabi seminarlarda hududlardagi mavjud uzumzorlarni kengaytirish va ularning hosildorligini oshirish, yangi uzumzorlarni barpo etish uchun yerni tayyorlash, tok ko‘chatlarini ekish muddatlari va usullari, uzum kasalliklari va zararkunandalari, tarqalishi ularning hosildorlikka ta’siri, ularga qarshi kurashish usullari va muddatlari, yosh va hosilli uzumni parvarishlash agrotexnikasi jumladan qator orasiga ishlov berish, sug‘orish va oziqlantirishda qo‘yiladigan talablar bo‘yicha ham batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: