Shu kunlarda Italiyada tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston agrar sohasi delegatsiyasi Bolonyadagi “Unitec” kompaniyasida bo‘lib, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saralash liniyasi bilan tanishdi.
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Italiyaga tashrifidan ko‘zlangan maqsadlar sirasida ushbu mamlakat agrosanoat korxonalarida ham bo‘lib, ularning tajribasini o‘rganish ham alohida o‘rin tutgan.
Binobarin, Aziz Voitov va unga hamrohlik qiluvchilar Bolonya shahridagi “Unitec” korxonasiga tashrif buyurdilar. Ushbu korxona meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saralash liniyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, yillik tovar aylanmasi 300 mln yevroni tashkil qiladi. Bugungi kunda korxona ishlab chiqargan meva-sabzavotni qayta ishlash liniyalari dunyoning 70 ga yaqin mamlakatlarida ishlab turibdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi korxona ishlab chiqaradigan texnologik yangiliklarni ko‘zdan kechirdi, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rgandi. Kompaniya qoshida ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlikda olib boruvchi universitet faoliyati vazir va unga hamrohlik qiluvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi, bu tajribani O‘zbekistonda ham joriy qilish masalasi muhokama etildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: