Joriy yilning 25-iyul kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi salohiyatining taqdimoti bo‘ldi.
160 dan ortiq davlatlardan kelgan 2000 dan ortiq ishtirokchi qatnashayotgan konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasi dastlab butun dunyo e’tiborini tortayotgan muammo — oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasiga e’tibor qaratdi.
Jumladan, mamlakatda 600 mingta oilaga ajratilgan 200 ming gektar yer, ta’lim muassasalaridagi bepul ovqatlanish uchun ajratilgan 204 million dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Qayd etilganidek, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish borasida aniq vazifalar belgilangan bo‘lib, ayni paytda mamlakatda o‘zlashtirish imkoni bo‘lgan 1 million gektardan ortiq maydon qayta foydalanilishiga erishiladi.
O‘z navbatida bugungi kunda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan strategiyaga muvofiq kambag‘allikni qisqartirish, qishloq xo‘jaligini diversifikasiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlarning daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli ishlarning hosili ekanligiga urg‘u berildi.
Quvonarlisi, chiqish davomida bayon etilgan masalalar xorijlik mutaxassislar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Forumdan ko‘zlangan maqsad esa, 2022-yilda BMTning Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha sammiti yakunlari, erishilgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishning asosiy omili sifatida oziq-ovqat tizimlarini transformasiya qilish orqali erishilgan yutuqlarni baholashdan iborat.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: