O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi hamda Koreya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini ilgari surish agentligi (KOAT), Koreya sanoat tehnologiyalar instituti (KITECH) hamda Tong Yang Moolsan Co., LTD (TYM) kompaniyasi mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish uchun Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha zamonaviy asbob uskunalarni xarid qilish, xalqaro standartlar, metrologiya va standartlashtirish sohalari talablarini o‘rganish hamda me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida o‘tkazildi. Unda koreyalik mutaxassislar o‘z davlatlarida qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinash va sertifikatlash tartibi, sinovlarni o‘tkazish metodikasi va metrologiya sohasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘z taqdimotlarini o‘tkazishdi.
Shuningdek, mutaxassislar muzokara davomida val orqali dvigatelning quvvatini aniqlash, mikroiqlim sinov kamerasi, givdravlik yuk ko‘taruvchanlik tizimni sinash, kabina himoya karkasining mustahkamligini sinash stendlari hamda sinov jarayonlarini mukammallashtirish yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar almashishdi.
Har ikki tomon uchun birdek manfaatli bo‘lgan uchrashuvda qishloq xo‘jaligi texnikalarining tezkor sinovlarini amalga oshirishda zarur sinov stendlari, asbob-uskunalari va o‘lchash vositalaridan samarali foydalanish, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish ishlarini jadallashtirish, sinov usullarini takomillashtirish va verifikatsiya qilish, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish jarayonlarida qatnashadigan Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi mutaxassislarinig malakalarini oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
Состоялась встреча специалистов Центра сертификации и испытаний сельскохозяйственной техники и технологий при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан, Агентства по продвижению сельскохозяйственных технологий Республики Корея (КОАТ), Корейского института промышленных технологий (KITECH) и компании Tong Yang Moolsan Co LTD (TYM).
Диалог был организован с целью совершенствования материально-технической базы Центра сертификации и испытаний сельскохозяйственной техники и технологий, приобретения современного оборудования в рамках проекта, финансируемого Всемирным банком, изучения требований международных стандартов, метрологии и стандартизации, а также разработки и внедрения соответствующих нормативных документов. Корейские специалисты выступили с презентациями о порядке испытаний и сертификации сельскохозяйственной техники в Корее, методологии проведения испытаний и проводимых работах в этой области.
Также в ходе встречи эксперты обменялись мнениями по вопросам определения мощности двигателя через вал, испытаниям камеры на микроклимат, гидравлической несущей системы, стендов для испытаний на прочность защитного каркаса кабины, а также совершенствования всех данных процессов. По итогам переговоров достигнута договоренность о повышении квалификации сотрудников Центра для эффективного использования необходимых испытательных стендов, оборудования и измерительных приборов при проведении экспресс-испытаний сельскохозяйственной техники, ускорения прохождения международной аккредитации, совершенствования, проверки методов испытаний и метрологии.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: