Tuproq va yer — bu tiriklik, yaratuvchanlik, rizq-ro‘zimizga beshik bo‘ladigan muqaddas manbadir. Yer qanchalik sog‘lom, unumdor bo‘lsa, unda unadigan ekinlar ham shunchalik sifatli va hosildor bo‘lishi shubhasiz. Bugun qishloq xo‘jaligida ilm va amaliyot uyg‘unlashgan holda, innovatsion yondashuvlar asosida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, sohada imkoniyatlarni yanada keygaytirgan holda qulayliklar va yangiliklar yaratish asosiy maqsadga aylangan.
“Buxoro agroklaster” MChJ tarkibidagi “Smart lab” laboratoriyasi ham 2021-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda ikkita bo‘lim mavjud: tuproqshunoslik va laboratoriya. Ushbu laboratoriya tuproq unumdorligini oshirish, uning sifatini yaxshilash, eroziyaning oldini olish, sho‘rlangan maydonlarni va uning darajalarini aniqlab, bunga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Bugungi kunda viloyatdagi umumiy 225 ming gektar maydonda ushbu laboratoriya tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu yerda tuproq tarkibidagi 100 dan ortiq makro va mikro elementlar aniqlanadi.
Eng asosiysi, laboratoriya tomonidan hududdagi fermer xo‘jaliklariga tuproqning sho‘rlanish darajasi, makro va mikroelementlar, tuproqqa kerakli ozuqa moddalarning miqdorlari aniqlanib, hosildorlikning oshishida amaliy ko‘mak berilmoqda.
Albatta, ushbu laboratoriyadagi o‘tkazilayotgan tahlil natijalari asosida tuproq tarkibi to‘liq o‘rganiladi, unga sarflanadigan o‘g‘itlar miqdori nazoratga olinadi, shuningdek, tuproqqa ishlov berishda sarflanadigan ortiqcha xarajatlarning oldi olinadi. Natijada ushbu viloyatdagi yer maydonlaridan olinadigan hosildorlik sezilarli darajada oshdi. Birgina misol tariqasida Qorovulbozor tumanidagi yer maydonlari va u yerda olinadigan hosilning avvalgi holatini hozirgisi bilan taqqoslashning o‘zi kifoya. Avval bu hududning yer maydonlaridan gektariga 19-20 sentnerdan hosil olingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, laboratoriya tadqiqotlari natijasida 40-45 sentnerdan hosil olishga erishilmoqda.
Ma’lumki, Buxorodagi yerning holatidan kelib chiqib, har yili qish mavsumida ikki marotaba yer maydonlarida sho‘r yuvish ishlari amalga oshiriladi. Ushbu laboratoriyada o‘tkazilgan tahlil natijalari asosida maydondagi tuproqqa qancha miqdorda sho‘r yuvish ishlarini o‘tkazish lozimligi bo‘yicha Kartogramma tashkil etildi. Bu esa maydonga beriladigan suvni 20 foizgacha tejash imkonini bermoqda. Shuningdek, suvning tejalishi nafaqat iqtisodiy samaradorlikka, balki yerni sog‘lomlashtirishga ham xizmat qiladi. Yaʼni ushbu usulda sho‘r yuvish avvalo, yerdagi behuda yuvilib ketadigan mikro va makroelementlarni saqlab qolishga imkon beradi. Shuningdek, ushbu tayyorlangan yer keyingi yil uchun yaxshigina zahira hamdir.
Bugun laboratoriyada ishlar qizg‘in. Chunki, bu maskanlar mamlakatimizdagi ekin ekishga mo‘ljallangan yerlarning unumdorligini oshirishga va hosildorlik mo‘l bo‘lishiga xizmat qiladi.
Земля — это священный источник жизни, колыбель всего живого и созидательного. Чем здоровее и плодороднее почва, тем лучше качество и выше урожайность сельскохозяйственных культур. Сегодня в сельском хозяйстве осуществляется комплексная работа, в ходе которой наука интегрируется с практикой, при этом основной акцент делается на инновационные подходы.
Лаборатория «Смарт Лаб» в составе ООО «Бухоро агрокластер» начала свою деятельность в 2021 году и работает по направлениям почвоведения и лабораторных исследований. Цель её работы — повышение продуктивности почвы, улучшение ее качества, предотвращение эрозии, выявление зон засоления и его уровня, а также реализация мер по борьбе с этими явлениями. На сегодняшний день данная лаборатория проводит научно-исследовательские работы на площади 225 тысяч гектаров. Здесь определяется наличие и состав более 100 макро- и микроэлементов.
Самое главное, что лаборатория содействует фермерским хозяйствам региона в процессе определения уровня засоления почв, процентного соотношения макро- и микроэлементов, питательных веществ, необходимых почве, а также в повышении продуктивности. Разумеется, по результатам анализов, проведенных в лаборатории, полностью изучается состав почвы, контролируется количество вносимых удобрений, благодаря чему удаётся избегать чрезмерных затрат на обработку почвы. В результате, продуктивность земель в этом регионе значительно возросла. В качестве примера достаточно сопоставить предыдущее состояние земельных участков в Караулбазарском районе и полученных урожаев с нынешним состоянием угодий. Раньше здесь собирали 19-20 центнеров с гектара, а сегодня, в результате лабораторных исследований, получают 40-45 центнеров.
Как известно, в Бухаре из-за климатических особенностей промывка соляного покрова почвы производится два раза в год в зимний сезон. По результатам анализа, проведенного в этой лаборатории, была создана картограмма того, в каком объеме следует производить промывку. Это, в свою очередь, позволяет экономить до 20 процентов воды. Кроме того, рациональное использование водных ресурсов даёт не только экономический эффект, но и здоровую во всех отношениях почву. Иными словами, промывка соли подобным методом позволяет сохранить микро- и макроэлементы, которые вымываются из земли. Также подготовленная подобным образом почва хорошо проявит себя и в следующем посевном сезоне.
Сегодня работа в лаборатории в самом разгаре. Продуктивность земель, предназначенных для сельскохозяйственных культур, и продовольственная безопасность формируются именно в ходе подобных скрупулёзных научных исследований и инновационных решений.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: