O‘zbekiston Prezidenti Mustaqillikning 32 yilligi arafasida mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta‘minlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lash kabi ezgu maqsadlar yo‘lidagi katta xizmatlari, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, jamiyatda ma’naviy barqarorlikni saqlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlaridagi ibratli faoliyati uchun bir qator yurtdoshlarimizni yuksak unvonlar bilan taqdirladi.
Quvonarlisi, ular safidan qishloq xo‘jaligi sohasining fidoyilar ham joy olgan. Jumladan:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador” faxriy unvoni bilan: Rizayev Erali Abdukarimovich – Nurobod tumanidagi «Sahobaota qorako‘l nasl» Mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni (Samarqand viloyati);
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvoni bilan: Pardayeva Zubayda Musayevna – O‘rta Chirchiq tumanidagi «Agropilla» Mas’uliyati cheklangan jamiyati hudud agronomi (Toshkent viloyati) va Xalliyeva Mengal – Angor tumanidagi “Allayorov Jahongir” fermer xo‘jaligi pillachisi (Surxondaryo viloyati);
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan: Sharipov Shavkat Uktamovich – Samarqand shahridagi “Zarafshon Textile” Mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi (Samarqand viloyati);
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni bilan: Xamrayev Ibraxim Shaykulovich – Olot tumanidagi “Merganteks” paxta-to‘qimachilik klasteri bosh direktori (Buxoro viloyati);
“Do‘stlik” ordeni bilan: Ibragimova Maxbuba – Namangan shahridagi xususiy tadbirkor, gul ko‘chatlari yetishtiruvchisi (Namangan viloyati) va Mahmudova Shoxista Asadovna – Bekobod tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi (Toshkent viloyati) munosib taqdirlandilar.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi barcha mukofot egalarini yuksak e’tirof bilan tabriklaydi va kelgusi faoliyatlarida yanada yuksak marralarga erishishlarini tilaydi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: