Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida xorijiy hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
BMTning Pekinda joylashgan Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP)ning mintaqaviy muassasasi – Barqaror qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash markazi (CSAM) vakili Qiang Li bilan onlayn ko‘rinishda o‘tkazilgan uchrashuvda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Unda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shuhrat Azizov institutning ilmiy salohiyati, amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berdi. Muloqot davomida tomonlar qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirishda xorij tajribalarini o‘rganish va o‘zaro almashish, qishloq xo‘jaligi sohasida yosh olimlarning malakasini oshirish, institut moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Muloqotda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili ham ishtirok etdi.
Shuningdek, Hindistonning eng yirik qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilaridan biri “AGROSAW” kompaniyasi vakili Sahil Panchal bilan uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki tomon uchun samarali hamkorlik rejalari tuzib olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: