Tovuq – yetti xazinaning biri, deb bejizga aytishmaydi. Chunki tovuq nafaqat tuxumi, balki go‘shti bilan ham oilalarga baraka olib kiradigan jonzotdir. Shu bois ham hozirda davlatimizda parrandachilikka ixtisoslashtirilgan korxonalarning sonini yana-da ko‘paytirish, ularning rivojlanishi uchun imkoniyat va sharoitlar yaratib berishga harakat qilinmoqda.
Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi “Denov Maroqand parranda” MCHJ ham mana shunday imkoniyat va imtiyozlardan foydalanib rivojlanayotgan korxonalardan biri. Ushbu korxona 2009-yilda 5 ming bosh tovuq sotib olib, o‘z ish faoliyatini boshladi. U parranda tuxumlarini yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, hozirda bu yerda 200 ming bosh tovuq boqib, parvarish qilinmoqda.
Bugun mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan korxona, tashkilotlar yanada ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish va yuqori samaradorlikka erishish uchun xorijning so‘nggi rusumdagi texnologiyalarini olib kelib, ulardan foydalanishmoqda. 2017- yilda “Denov Maroqand parranda” MChJ ham zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu texnologiyalarning afzalligi shundaki, ular avtomatlashtirilgan bo‘lib, tovuqlarga beriladigan ozuqadan tortib, tuxumlar sifatli va foydalilik xususiyatini saqlagan holda yetishtirilgungacha barchasi kompyuter nazorati ostida amalga oshiriladi.
Korxonada to‘rtta sex mavjud, ularning har birida 50 ming boshdan tovuqlar parvarishlanadi. O‘tgan 2022-yilda korxona tomonidan 12 milliondan oshiq tuxum yetishtirildi. Bugungi kunga kelib, har oyda 1,2–1,3 million dona tuxum aholi isteʼmoliga yetkazib berilmoqda.
Hozirda korxonada “Loman” zotli tovuqlar boqilib, parvarish qilinmoqda. Ushbu tovuq zoti jigarrang rangdagi tuxum tug‘ib, hosildorligining yuqorilik darajasi bilan ajralib turadi. Ularga vitamin va minerallarga boy ozuqalar berilmoqda.
Shuningdek, ushbu korxona o‘z mahsulotlari bilan nafaqat aholi dasturxonining to‘kinligiga xizmat qilmoqda, balki ushbu hududdagi odamlarni ish bilan taʼminlab, ro‘zg‘orlarning but bo‘lishiga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Korxonada 22 nafar doimiy, 30 nafarga yaqin mavsumiy ishchilar faoliyat olib borishmoqda.
Sog‘lom tovuq – sog‘lom tuxum demakdir. Tovuqlarning sog‘lom bo‘lishi esa aholi dasturxoniga sifatli mahsulot yetkazish bilan o‘z isbotini topadi. Bunga amal qilgan korxonaning veterinarlari esa tovuqlarni o‘z vaqtida emlashga va ularning salomatligini nazorat qilishga harakat qilishadi.
Korxonaning oldida turgan maqsadlari bisyor. Joriy yil yakunigacha faoliyatini yanada kengaytirish, boqiladigan tovuqlarning sonini yana 50 ming boshga yetkazish maqsad qilingan. Shuningdek, tovuqlarga ozuqa yetishtirish uchun korxonaning o‘z ekin maydoniga ega bo‘lishi ham rejalashtirilgan.
Что появилось раньше – яйцо или курица – вопрос скорее риторический. Но то, что сегодня рацион питания человека невозможно представить без этих видов продукции – неоспоримый факт. Неслучайно, предпринимаются усилия по динамичному увеличению числа специализированных птицеводческих комплексов в республике, а также созданию возможностей и условий для их всестороннего развития.
ООО «Денов Мароканд парранда» в Денауском районе Сурхандарьинской области является одним из стабильно развивающихся предприятий, эффективно использующих все имеющиеся возможности и привилегии. Оно начало свою работу в 2009 году после закупки 5 тысяч цыплят.
Специализация предприятия – яйцеводство, при этом число несушек сейчас составляет 200 тысяч. Сегодня все участники процесса реформирования агропромышленного комплекса делают ставку на передовые технологии с очевидной целью – наладить максимально эффективное производство при увеличении объемов выпуска продукции. В 2017 году денауские птицеводы также начали использовать современные методы и внедрять технологические ноу-хау. Преимущество новых технологий заключается в том, что всё автоматизировано, каждый шаг находится под контролем компьютера – от кормления до производства яиц, поддержания качества и содержания на высшем уровне.
На предприятии четыре цеха, в каждом из которых по 50 тысяч кур. В 2022 году компания произвела более 12 миллионов яиц. На сегодняшний день ежемесячно населению доставляется 1,2-1,3 миллиона яиц. В настоящее время на предприятии выращиваются и содержатся куры породы «Ломан», которые несут яйца коричневатого цвета и отличаются высокой продуктивностью. Несушки получают корм, богатый витаминами и минералами. Помимо насыщения внутреннего рынка, предприятие способствует повышению уровня жизни местного населения за счёт создания новых рабочих мест. Сегодня на постоянной основе здесь трудится 22 человека, а в сезон привлекается ещё около 30 рабочих. Здоровая курица – это залог качественной продукции. Ветеринары предприятия стараются вовремя вакцинировать кур и следить за их здоровьем.
Перед предприятием стоит ряд амбициозных задач. К концу текущего года планируется дальнейшее расширение и увеличение поголовья кур ещё на 50 тысяч птиц. Также предусмотрено, что птицефабрика будет иметь собственные пахотные земли для выращивания кормов.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: