Seminar ishtirokchilarining keyingi manzili Oltiariq tumani Qapchig‘ay massivi hududidagi “Nirt-fruit” MCHJ bo‘ldi. Bu yerda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan fermerlar, yuqori martabali mehmonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va logistika markazi faoliyati bilan tanishdilar.
“Nirt Fruit” fermer xo‘jaligi 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy faoliyat turi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va fermer xo‘jaligi tasarrufida bo‘lgan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash sovutgichi”da saqlash va tayyor mahsulotni xorijiy mamlakatlarga eksport qilishdan iborat.
Fermer xo‘jaligiga tuman zaxirasidagi yerlardan 7,1 gektar yer maydoni ajratib berilgan bo‘lib, 2020-yil xo‘jalik “eksportyor” maqomiga ega bo‘ldi. Dala maydonlarida pishib yetilgan hosil yig‘ib terib olinib, maxsus yashiklarga joylanadi. Harorat me’yorga kelguncha “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash sovutgich”larida sovutiladi. Tayyor bo‘lgan mahsulot yuk avtomashinalariga yuklanib, Qozog‘iston va Rossiyadagi hamkorlariga yetkazib berilmoqda.
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash sovutgichi” kameralari Gollandiyaning “Geyerlofs” korxonasidan keltirilgan eng sifatli uskunalar bilan jihozlangan, umumiy sig‘imi 2500 tonnani tashkil qiladi. Ushbu texnikalarni nazorat qilish uchun yosh, tajribali mutaxassislar jalb etilgan. Xo‘jalikda jami 15 nafar xodim ish bilan ta’minlangan.
Seminar ishtirokchilari bu yerdagi katta sig‘imlarga ega muzlatkichar bilan ham tanishdilar. Bir vaqtning o‘zida 2 ming tonna mahsulotlarni saqlash imkoniyatiga ega ushbu muzlatkichlarning ahamiyatli tomoni shundaki, bu yerda mahsulotlarni eksportga jo‘natish vaqtiga qarab, ularni kerakli harorat rejimida saqlash imkoniyatlari mavjud. Ushbu muzlatkichlarda saqlanayotgan mahsulotning sifati 6 oygacha buzilmasligi kafolatlanadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: