Ayni paytda ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Quva tumanida joylashgan “Karkidon” suv omborini ham ko‘zdan kechirish maqsadida ushbu joyda bo‘ldi.
Ushbu omborning suv sig‘imi 28 mln kub/metr bo‘lib, agar suv to‘g‘ri olib kelinsa, shu hududda joylashgan qishloq xo‘jaligi yerlarining 1,5 ming gektarini o‘zlashtirish mumkin. Avvallari bu yerga nasoslar yordamida suv olib chiqilgan. “Karkidon” suv omborining ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida qilinmaganligi uchun uning imkoniyatlari cheklangan bo‘lgan. Bugungi kunda aynan mana shu masalaga davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ham diqqatini qaratdi va yangi yerlarni o‘zlashtirish masalasida alohida taklif berdi. “Karkidon” suv ombori atrofida bo‘lgan 1,5 ming gektar yerni o‘zlashtirib, ularga suv yetkazish masalasida omborning imkoniyatlari chamalandi. Eng asosiysi, bugungi kunda qishloq xo‘jaligi yerlariga suvni “Kampirobod” suv ombori bilan birgalikda “Karkidon” suv ombori bilan uyg‘unlashgan holda taqsim etish masalasi alohida yondashuvni kasb etadi. Bu yerda “Quva-2″ maxsus stansiyasi ham bor. Ushbu maxsus stansiyaning quvvati 1800 gektar yerni suv bilan ta’minlash imkoniyatiga ega, ammo hozirgi vaqtda juda ko‘plab agregatlarning ma’nan eskirganligi tufayli bu stansiya ham o‘z faoliyatini qisman davom ettiryapti.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, “Karkidon” suv omboridan tashqari “Quva-2” maxsus stansiyasiga ham tashrif buyurdi. Bu yerdagi ishlarning ko‘lamini o‘rgandi. Uni to‘liq ishga tushirish masalasida qaysi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish rejasini tuzish va yo‘l xaritasini yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi va eng asosiysi, jarayonni tezlashtirgan holda tashkil etish hamda o‘z navbatida dehqonlarga yangi yerlarni taqdim etish masalasi ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi. Bu davlatimiz rahbarining topshirig‘i asosida amalga oshirilayotgan loyiha bo‘lib, ijrosi so‘zsiz ta’minlanishi, bundan tashqari, bu ma’murchilik va qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarning izchilligini ta’minlashiga alohida e’tibor qaratiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: