Viloyat qishloq xo‘jaligi rivojlanishining joriy holati bilan joyida, yaqindan tanishish, kuzgi agrotadbirlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilayotganligini nazorat qilish maqsadida, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.
Hozirda qashqadaryolik fermer-dehqonlar oldida turgan dolzarb masalalar – bu paxtaning birinchi terimini tezroq yakuniga yetkazish, peshma-pesh g‘alla ekishni amalga oshirish sanaladi. Qolaversa, ekin ekilgan maydonlarda peshma-pesh sug‘orishni amalga oshirish, kuzgi piyoz, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosdi ekinlarini ekishni tashkil etish kabilar kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar
sirasiga kiradi.
Vohada ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Aziz Voitov bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi, dehqonlarni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi, ularni hal qilish uchun tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Jumladan, safar davomida vazir Qarshi tumanidagi Bog‘obod mahallasida faoliyat yuritayotgan “Hosildor zamin” ko‘chatchilik majmuasida ham bo‘ldi. Ushbu majmua 4 gektar ochiq va 1 gektar yopiq ko‘chatxonalar, “in-vitro” laboratoriyasi va o‘quv markazidan iborat bo‘lib, bu yerda bir yilda 200 ming dona mevali daraxt va 100 ming dona tok ko‘chatlari, 200 ming dona mavsumiy gullar yetishtirish hamda yuzlab yoshlarga zamonaviy ko‘chatchilik sir-asrorlarini o‘rgatish imkoniyati yaratilgan.
Ko‘chatchilik majmuasi bilan tanishgan vazir uning faoliyatini yanada rivojlantirish, mamlakatimizda ko‘chatchilik yo‘nalishini yangi bosqichga olib chiqish uchun zarur chora-tadbirlar yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatdi.
Министр сельского хозяйства Узбекистана Азиз Воитов находится в Кашкадарьинской области с целью знакомства с современным состоянием развития сельского хозяйства региона, контроля за своевременным и правильным проведением осенних сельскохозяйственных мероприятий.
В настоящее время актуальными задачами, стоящими перед фермерами и дехканами Кашкадарьи, являются скорейшее завершение первого сбора хлопка и проведение посева зерновых. Кроме того, к первоочередным мерам относятся организация регулярного орошения посевных площадей, посадка осеннего лука, чеснока и межсезонных культур.
Азиз Воитов внимательно ознакомился с проводимой в этом направлении работой, поинтересовался проблемами фермеров, дал соответствующие указания по их оперативному решению. В частности, в программе визита был действующий питомниковый комплекс “Хосилдор замин” в махалле Богобод Каршинского района. Данный комплекс состоит из 4 га открытых и 1 га закрытых питомников, лаборатории in vitro и учебного центра, где за год высаживается 200 тысяч фруктовых
деревьев и 100 тысяч саженцев винограда, имеются все предпосылки для выращивания 200 тысяч сезонных цветов и обучения сотен молодых людей секретам современного садоводства.
Министр дал указания и рекомендации о необходимых мерах по дальнейшему развитию деятельности комплекса и выводу данного направления агросферы на качественно новый уровень.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: