Qishloq xo‘jaligi vazirligida Vazir Aziz Voitov boshchiligida strategik boshqaruvni muvofiqlashtirish qo‘mitasining navbatdagi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda vazirlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan sohani rivojlantirishdagi islohotlar doirasida istiqbolli loyiha tashabbuslarini tanlab olish, ularni amalga oshirish hamda Reestrga kiritilgan loyihalarni realizatsiya qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish masalalari muhokama etildi.
Jumladan, to‘lovlarni boshqarishning yagona tizimini joriy etish loyiha tashabbusi qo‘mita a’zolari tomonidan ma’qullanib, ASK Facility konsultanti X.Kordik boshchiligida To‘lovlar agentligini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirishga kelishib olindi.
Respublikada faoliyat yuritayotgan agroturizm ob’yektlarining imkoniyatlarini kengaytirish va qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarishni turizm bilan bog‘laydigan tijorat korxonalari sonini oshirish loyihasi strategik ahamiyatga ega. Endilikda agroturizm ob’yektlarning infratuzilmasini boyitish, ularga imtiyozli moliyalashtirishni joriy etish hamda qishloq hududlarini rivojlantirish doirasida Turizm va Madaniy meros vazirligi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi.
Qo’mita yig‘ilishida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish yo‘nalishida “Agrotexnik tadbirlarni hisobga olgan holda fermerning biznes-rejasini onlayn hisob-kitob qilish” quyi axborot tizimi va “Agroplatforma” axborot tizimini joriy etish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli choralarni ko‘rish, bunda fermer va dehqonlarning axborot tizimidan samarali foydalanishini tashkil etish maqsadida axborot tizimining “mobil” va “veb” shakllari dizaynini qulay tarzda ishlab chiqishga e’tibor qaratildi. Har ikkala raqamlashtirish loyihalari joriy yilning 4-choragida ishga tushishi kutilmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: