Yaqinda Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Shoh oq yer hisori” naslchilik xo‘jaligi tomonidan “Farg’ona-Rishton-Dasht” hisori qo‘ylarining yangi tipi yaratildi. Hozirda ularni ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash lozim, chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida davlat tomonidan xorijdan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni sotib olgan xo‘jaliklarga hamda respublikada nasldor qoramollarni yetishtiradigan naslchilik xo‘jaliklariga subsidiya berish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 280-son qarori qabul qilingan edi. Mazkur qarorga muvofiq, 2020-2022-yillar davomida 84 ta qo‘ychilik yo‘nalishidagi subyektlarga jami 17,9 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan. Natijada xorijiy davlatlardan 139,7 ming bosh qo‘y-echkilar olib kelindi. Shundan 72,5 ming boshi aynan naslli zotlar hisoblanadi.
Mamlakatimizda bugungi kunda qoʻychilikka alohida tarmoq sifatida eʼtibor berilmoqda. Ushbu sohani rivojlantirish, kammahsul qoʻylarni mahsuldor zotlar bilan chatishtirish, ularni sunʼiy urugʻlantirishning yangi usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ishlari olib borilmoqda.
Veterinariya va chorvachilik sohasida bir necha yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar hal etilib, mamlakatda chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, naslini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish hamda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratilmoqda.
Shuni aytib o‘tish kerakki, respublikamizda jami 3 263 ta qo‘y va echkichilik yo‘nalishidagi xo‘jaliklar mavjud. Mazkur xo‘jaliklarda mayda shoxli qoramollarning zotini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish maqsadida qo‘ylarning Merinos, Romanov, Edilboy, Dorper zotlari chet davlatlardan keltirilib ko‘paytirilmoqda.
Недавно специалистами племенной фермы «Shoh oq yer hisori» (Риштанский район, Ферганская область) был выведен новый тип овец «Farg’ona-Rishton-Dasht». В настоящее время ведется работа по их разведению.
Отметим, что для дальнейшего развития животноводства и увеличения объемов производства продукции в этой сфере принято постановление правительства от 12 мая 2020 года «Об утверждении нормативно-правовых актов, регламентирующих выделение государством субсидий животноводческой отрасли». Так, в соответствии с документом, в 2020-2022 годах на развитие 84 овцеводческих хозяйств было выделено 17,9 млрд долларов. В результате из-за рубежа завезено 139 тыс. 700 овец и коз. Из них 72 тыс. 500 – чистокровные животные.
Развитию овцеводства в нашей стране уделяется большое внимание. Ведется работа по скрещиванию малопродуктивных овец с продуктивными породами, разрабатываются и внедряются новые методы их искусственного осеменения.
Кроме того, создана прочная основа для увеличения поголовья скота, улучшения его племенных и продуктивных качеств, обеспечения продовольственной безопасности.
Сегодня в республике насчитывается 3 тыс. 263 овцеводческих и козоводческих ферм. В целях улучшения породы и повышения продуктивности мелкого рогатого скота из зарубежных стран завезены такие породы овец, как Меринос, Романовская, Эдилбаевская и Дорпер.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: