Afrika qo‘nog‘i – bir yillik don va yem-xashak ekini. Tashqi ko‘rinishidan makkajo‘xori va sorgo (oqjo‘xori, qo‘qon jo‘xori)ga o‘xshaydi. Osiyo, Afrika, qisman Janubiy Yevropaning quruq iqlimli zonalarida yetishtiriladi. Doni oziq-ovqatga va hayvonlarga yem uchun ishlatiladi. Bargi va poyasidan ko‘k ozuqa va pichan tayyorlanadi.
100 kg donida 89 ozuqa birligi, 10 kg hazm bo‘ladigan protein, 100 kg pichanida 50 ozuqa birligi va 8,2 kg hazm bo‘ladigan protein bor. Issiqsevar, yorug‘sevar va qurg‘oqchilikka chidamli. Qumloq va qo‘ng‘ir tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. 1 ga yerga 5-10 kg urug‘lik sarflanadi, urug‘lar 5-6 sm chuqurlikka ekiladi.
Hosildorligi: ko‘k massa bo‘yicha 80-500 s/ga, sug‘oriladigan maydonlarda 800-1000 s/ga, don bo‘yicha 11-40 s/ga. O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ITIida Afrika qo‘nog‘ini O‘zbekiston sharoitlarida o‘stirish tavsiyalari ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda O‘zbeksitonda Afrika qo‘nog‘ining 1 ta navi yetishtiriladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: