Yashil no‘xat (Gorox) – o‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simlik. Chetdan changlanish hodisasi kam hollarda janubiy hududlarda ro‘y berishi mumkin. No‘xatda proteroginiya, yaʼni berk shonalarda onalik ustunchasi, 2-3 kundan so‘ng changdonlar yetiladi va urug‘lanish jarayoni kuzatiladi. Gul 3 kundan keyin ochiladi, gullash jarayoni 10-40 kun davom etadi. Yashil no‘xat sovuqqa bardoshli o‘simlik bo‘lib, urug‘lari 2-3°С haroratda unib chiqa boshlaydi, 8-12°С harorat o‘sish uchun qulay hisoblanadi. O‘simliklar rivojlanishi 4° С boshlanadi va 29°С da o‘sish sekinlashadi. Eng qulay harorat 18°С bo‘lib, havoning nisbiy namligi past, harorat 25°С dan oshganda no‘xat muddatidan oldin pishib yetilishi kuzatilgan. Yashil no‘xat uzun kunli o‘simlik bo‘lib, yorug‘likka talabi kuchli, soya joyda va zich ekilganda yaxshi rivojlanmaydi. Yashil no‘xat uchun eng yaxshi o‘tmishdosh o‘simliklar boshoqli don ekinlar va qator orasiga ishlov beriladigan sabzavot ekinlaridan ildizmevalilar, karamdoshlar, tomatdoshlar va kartoshka hisoblanadi.
Yashil no‘xat moʻtadil iqlim o‘simligi, boshqa sabzavotlarga nisbatan sovuqqa bardoshli bo‘lib, urug‘lari 2-3°С haroratda unib chiqa boshlaydi va yaxshi rivojlanadi. 8-12°С harorat yashil no‘xat o‘sishi uchun qulay hisoblanadi. Havo harorati 32°С dan oshganda o‘simlikning rivojlanishi sekinlashadi. Yashil no‘xat uzun kun o‘simligi bo‘lib, yorug‘ va salqin kunlari o‘simlikning rivojlanishi jadallashadi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda yashil no‘xat (gorox) ning 4 navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan yashil no‘xat (gorox) mahsuloti Ozarbayjon, Armeniya, Afg‘oniston, Bangladesh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Iroq, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Koreya, Qirg‘iziston, Latviya, Gollandiya, Pokiston, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: