Soya – dukkakdoshlarga mansub bir yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumi, dukkakli don va moyli ekin. Vatani – Xitoy. Dastlab O‘zbekistonda 1975-yildan ekilgan. Poyasi dag‘al, tik o‘sadi, ammo yotib qoladigan navlari ham bor. Bo‘yi 15 sm dan 2 m gacha, shoxlanadi, yon shoxlari 2-8 ta. Bargi sertuk, bandining uzunligi 8-2 sm. Guli mayda, oq yoki pushti, shingil gulto‘plamga yig‘ilgan. Mevasi dukkak, sariq, qora, qo‘ng‘ir, sertuk. Har bir dukkagida 2-6 ta don bor, tarkibida 24-45% oqsil, 13-37% yog‘, 20-32% uglevodlar, vitaminlar bor.
O‘suv davri 75-100 kun. Soya issiqsevar va namsevar o‘simlik, yorug‘sevar qisqa kun o‘simligi. 21-23°С da yaxshi rivojlanadi. Urug‘i 6-10°С da unib chiqadi. Soya o‘zidan changlanadi. Gullash davri 15-55 kun davom etadi. Vegetatsiya davrida har 10-12 kunda sug‘orish kerak. Donidan olein-linol guruhiga mansub moy, oqsilga boy soya unib olinadi. Doni, pishib yetilmagan (dumbul) dukkagi ovqatga ishlatiladi. Soya unidan kolbasa mahsulotlari, sut, tvorog, qandolat, mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. Somoni, to‘poni, ko‘k poyasi, pichani, silosi oziqa sifatida chorva mollariga beriladi.
Soyaning donidan qandli diabet kasalliklari uchun parhez taomlar tayyorlanadi. Soyaning asosiy oqsili – glitsinin yaxshi hazmlanadi, suvda yaxshi eriydi, achib qatiqqa aylanadi, oqsili almashtirilmaydigan aminokislotalarga boy.
Hozirgi kunda O‘zbeksitonda soyaning 24 navi yetishtiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: