Kanakunjut – sutlamadoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik, asosan, moy olish uchun ekiladigan ekin. Vatani – Shimoliy-Sharqiy Afrika. Kanakunjutning poyasi o‘tsimon, ichi kovak, tik o‘sadi. Rangli barglari yirik, qalqonsimon, uzun bandli (25-60 sm), bo‘laklarga bo‘lingan. Guli mayda, yashil, gulto‘plami shingil, shakli ponasimon, 5 ta gultojibargdan iborat.
Mevasi – uch uyali ko‘sakcha. Ayrim poyalarda ko‘sakchalar yetilganda chatnaydi. Urug‘i – tuxumsimon, yirik, 1000 ta urug‘i vazni 150-500 g, tarkibida 40-57% moy mavjud.
Kanakunjut issiqsevar, yorug‘sevar, namsevar o‘simlik, unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. O‘sish davri 120-150 kun. Moyi qurimaydigan (yod soni 82-86) guruhiga kiradi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda kanakunjutning 1 navi yetishtiriladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: