Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida yil bo‘yi agrotexnik tadbirlar o‘tkaziladi. Hatto qish-erta bahor mavsumlarida ham mutaxassislar tomonidan muhim ishlar olib boriladi. Zero, soha xodimlari orasida qish oylari ham ish oylari, deya bejiz aytilmaydi. So‘nggi yillarda qish oylarida yog‘ingarchilik miqdorining nisbatan oz bo‘lishi tuproqda to‘planayotgan namlikning kamayishiga olib kelishi mumkin. Bu esa fermer va dehqonlarimizdan agrotexnik tadbirlarni ob-havo sharoitlariga mos ravishda puxta rejalashtirishni talab qiladi.
Qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlarini mavsumga tayyorlash ishlari
Dala ishlaridan bo‘shagan traktor va qishloq xo‘jaligi mashinalari taʼmirga tortiladi, ustaxonalarda yuvib-tozalanadi, qismlarga ajratiladi, diagnostikalab soz va nosozlarga ajratiladi. Nosozlari taʼmirlanadi, mashinalar qayta yig‘ilib chiniqtiriladi, tegishli dalolatnomalar tuziladi va egalariga qaytariladi.
Mashinani diagnostikalashda qismlarning sozligi va ishga yaroqlilik darajasi tekshiriladi, qism va uzellarning texnik holatlari baholanadi, mukammal yoki joriy taʼmirlash zarur bo‘lgan obyektlar aniqlanadi.
Nosoz mashinalarni taʼmirlashda quyidagi texnologik operatsiyalarning barchasi sifatli bajarilishi zarur:
– detal, qism va agregatlardagi nosozliklarni bartaraf etish;
– mashinani yig‘ish;
– mashinani chiniqtirish;
– mashinani sinash;
– mashinani bo‘yash.
Bugungi kunda Respublikamiz viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022-yil bahorgi dala ishlarida qatnashadigan 20 mingdan ziyod chopiq traktorlari, 20 mingga yaqin kultivatorlar, 9 mingga yaqin chigit ekish seyalkalari, 3 mingdan ziyod g‘alla o‘rish kombaynlari, 4 mingdan ziyod purkagichlar, 3 yarim mingga yaqin mineral o‘g‘it sepgichlar, 3 mingga yaqin yer tekislagichlar, 5 mingga yaqin chizellar, 80 mingga yaqin tishli boronalar kabi agrotexnikalarning taʼmirlash ishlari olib borilyapti.
Urug‘lik chigit tayyorlash
Urug‘lik chigit UZ DSt- 663-2006 O‘zbekiston Davlat standarti talablari asosida tayyorlanadi.
Urug‘lik chigit unuvchanlik, namlik, tuklilik, mexanik shikastlanganlik va qoldiq tola ko‘rsatkichlari kabi sifat ko‘rsatkichlariga mos bo‘lishi kerak.
Urug‘likni dorilash preparatning suvli suspenziyasi yoki uning suvdagi eritmasi bilan bajariladi. Preparatlarning chigitlarga yopishuvchanligini yaxshilash maqsadida, yopishqoq qo‘shimchalar ishlatiladi. Paxta tozalash korxonalarida urug‘lik chigit yarim ho‘llash usuli bilan dorilanadi.
Respublikamiz viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022-yil hosili uchun jami 41 ta urug‘lik chigit tayyorlash sexlari mavsumga tayyorlandi, 64,5 ming tonna urug‘lik chigitni tozalash, 21,8 ming tonna tuksizlantirish va 50,1 ming tonna urug‘lik chigitni dorilash rejalashtirilgan. 70 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan urug‘lik paxta xomashyosi qayta ishlanmoqda.
G‘alla maydonlarini azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sharbat bilan sug‘orish
Tuproq unumdorligini oshirishning eng muhim vositalaridan biri, bu almashlab ekish tizimida go‘ng va boshqa organik o‘g‘itlardan samarali foydalanish hisoblanadi.
Muntazam tarzda organik o‘g‘itlardan foydalanish tuproq haydalma qatlamini ozuqa moddalarga boyitish bilan bir qatorda, uning barcha xususiyatlarini yaxshilaydi.
G‘allachiliqda go‘ng asosan kuzda shudgor oldidan, ekish oldidan va o‘suv davri davomida sharbat usuli bilan oqizish tarzida qo‘llaniladi.
Organik o‘g‘itlar meʼyori tuproq unumdorligi, organik o‘g‘it zahirasi hamda o‘simlikning ehtiyojiga qarab belgilanadi.
Azotli o‘g‘itlar yetarli qo‘llanilganda, bug‘doyning boshoqlari yirik bo‘lib, boshoqchalar va donlar soni ortadi, donlari to‘liq bo‘ladi.
Erta bahordagi azotli oziqlantirishda eng birinchi navbatda qishlovdan qiyinchilik bilan chiqqan maydonlarda, undan keyingi urug‘lik yetishtirish uchun ekilgan maydonlarda o‘tkazilishi tavsiya qilinadi.
Mavjud biolabarotoriyalarda biomahsulotlarni tayyorlash jarayoni.
Respublikamizda mavjud 561 ta biolaboratoriyada biomahsulotlar yetishtirilmoqda.
Joriy yil respublikamiz bo‘yicha 91,6 kg trixogramma, 35 mln dona brakon, 52 mln dona oltinko‘z ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Trixogramma parazit entomofagi hasharotlarning tuxumiga qarshi qo‘llaniladi.
Brakon entomofagi hasharotlarning qurtiga qarshi keng ishlatiladi.
Erta bahorda madaniy ekinlardagi shira, trips, o‘rgimchakkana va boshqa hasharotlarga qarshi dalaga yirtqich oltinko‘z va xonqizi entomofaglari chiqariladi.
Dala atrofidagi sug‘orish tarmoqlari, ariq zovurlarini tozalash ishlari
Ushbu tadbirda g‘allani vegetatsiya davrida sug‘orishga sharoit yaratiladi.
Kuz faslida sug‘orish tarmoqlarida o‘sib rivojlangan begona o‘tlar, ularning urug‘lari suv bilan g‘alla paykallariga kiradi. Natijada begona o‘t urug‘lari bug‘doyzorlarda rivojlanishi xisobiga don xosildorligi 15-20 foizga kamayib ketadi.
G‘allazorlardagi begona o‘tlar g‘allaga nisbatan 45 foiz mineral o‘g‘itlarni o‘zlashtiradi, 70 foizgacha suv va 25 foizgacha quyosh nurini o‘zlashtiradi.
Buning oldini olish maqsadida dala atrofidagi sug‘orish tarmoqlari, ariq zovurlarini tozalash ishlari olib boriladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: