Qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘simlik yetishtirish bilan bog‘liq har qanday faoliyatning asosiy maqsadi mo‘l hosil olishdan iborat. Ekinlarning hosildorligi asosan 3 ta omilga bog‘liq: nav 35–40 foiz, to‘g‘ri amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar 30–35 foiz va o‘simlik o‘sish hamda rivojlanishi davridagi ob-havo sharoiti hosildorlikning 25–30 foizini ta’minlaydi. Bundan tashqari, tuproqning xususiyatlari, navlarni to‘g‘ri tashlash, zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish kabilar ham bu borada o‘z salmog‘iga ega.
Hosilini oshirish bo‘yicha mamlakat miqyosidagi rejalar
Respublikamizda 2022–2026-yillar davomida boshoqli don ekinlarini yetishtirishda suv ta’minoti og‘ir maydonlarga suv tejovchi yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, kelgusi 5 yilda 165 ming gektar maydonga kengaytirish hisobiga boshoqli don hosildorligi gektaridan 5–7 sentnerga oshiriladi.
Qolaversa, g‘o‘za qator oralariga aniq me’yorlarda va bir xil chuqurlikda ekadigan 2600 dona seyalkalar sotib olinib, respublika bo‘yicha 45 ming tonna urug‘lik tejashga erishiladi.
Tavsiya №1
Don sifat ko‘rsatkichlarini oshirish asosan ekish oldi va o‘simlik vegetatsiya davrida berilayotgan mineral ozuqaga bog‘liq. Shundan kelib chiqib, ayrim sabablarga ko‘ra ekish oldidan fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlar berilmagan g‘alla maydonlariga g‘allaning tuplanish, naychalash va boshoqlash davrlarida makro va mikroelemetlar bilan boyitilgan biostimulyatorlar bilan bargidan suspenziya usulida ishlov berish zarur (necha marotaba va qanday o‘tkazish haqida – quyiroqda).
Tavsiya №2
G‘allazorlardagi begona o‘tlar mineral o‘g‘it, suv va havoni g‘allaga nisbatan 2 barobar ko‘proq iste’mol qiladi. Shuning uchun fermer xo‘jaligi rahbari yoki klaster agronomlari har kuni ertalab, g‘alla ekilgan maydonlarni diogonal bo‘yicha yurib, begona o‘t turlari aniqlash zarur. Begona o‘t turlaridan kelib chiqib, tavsiya etilgan gerbitsidlar bilan ishlov berish zarur.
Tavsiya №3
Bug‘doyning naychalash davrida makro va mikroelementlar bilan boyitilgan biostimulyatorlar bilan bargdan suspenziya usulida oziqlantirishni 2 marta o‘tkazish hamda kasallik, zararkunanda hashoratlarga qarshi kurash ishlarini tashkil etish zarur.
Tavsiya №4
G‘allani boshoqlash davrida gektariga 150–200 kg.dan azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, makro va mikroelementlar bilan boyitilgan biostimulyatorlar bilan barg orqali suspenziya usulida ishlov berish, g‘alla boshoqlash davrida don shakllanishi va sifatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oziqlantirilgan g‘alla maydonlarni sharbat usulida sug‘orish berilgan azotli ozuqa moddalarini o‘simlik tomonidan o‘zlashtirishi va hosildorlikni oshirishga zamin yaratadi.
Tavsiya №5
Urug‘lik uchun ekilgan g‘alla maydonlarida oziqlantirish me’yorlari 10–15 foizga oshiriladi, begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlar bilan ishlov berish faqat bug‘doyning tuplash fazasida amalga oshiriladi, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishiga yo‘l ko‘ymasligi kerak. Shuning uchun har bir urug‘chi agronomlar g‘alla sut-mum pishish fazasiga qadar g‘alla maydonlarini diagonal bo‘ylab bir haftada bir martada atroflicha aylanish tavsiya etiladi. Bunda g‘allazorlardagi o‘simlik holati, kasallik va zararkunandalar mavjudligi, begona nav aralashmalar mavjudligini aniqlab boriladi.
G‘allachilik va dukkakli don ekinlar boshqarmasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi
Главной целью любой деятельности, связанной с возделыванием растений в сельском хозяйстве, является получение богатого урожая. Урожайность зависит в основном от 3 факторов: сорт определяет 35–40% плодовитости, правильно проведенные агротехнические мероприятия – 30–35%, а также погодные условия в период роста и развития растений – 25–30%. Кроме того, значение в этом плане имеют и особенности почвы, правильный отбор сортов, использование современных технологий и другое.
Планы по увеличению урожайности в масштабе республики
В 2022–2026 годах в республике планируется повысить урожайность зерна до 5–7 центнеров с гектара за счет внедрения технологий дождевального орошения в районах с трудным водообеспечением, а также путем расширения площадей с водосберегающими технологиями еще на 165 тыс. гектаров следующие 5 лет.
Кроме того, будет закуплено 2 600 сеялок точного сева, работающих в междурядьях хлопчатника, что позволит сэкономить 45 тыс. тонн семян по всей республике.
Рекомендация №1
Улучшение качественных показателей зерна в основном зависит от минерального удобрения, поступающего до момента посева и в период вегетации растений. Поэтому если в зерновые поля не были внесены фосфорные и калийные удобрениям до посева по различным причинам, то следует провести их обработку через листья методом внесения обогащенными макро- и микроэлементами биостимуляторами в период распускания кустов, образования завязи и колосения (сколько раз и как проводить читайте ниже).
Рекомендация №2
Сорняки в злаках потребляют в 2 раза больше минеральных удобрений, воды и воздуха, чем злаки. Поэтому руководителю фермы или агроному кластера необходимо каждое утро выявлять виды сорняков, изучая поля по диагонали. В зависимости от вида сорняка нужно провести обработку рекомендуемыми гербицидами.
Рекомендация №3
В период образования завязи следует двукратно внести через листья суспензию с обогащенными макро- и микроэлементами биостимуляторы, а также организовать работу по борьбе с болезнями и вредителями.
Рекомендация №4
Подкормка 150–200 кг/га азотными удобрениями в период колосения, внесение через листья суспензии с обогащенными макро- и микроэлементами биостимуляторами положительно влияет на формирование и качество зерен. Орошение зерновых полей пропущенной через навоз водой позволит растениям лучше усваивать данные питательные элементы и повысит урожайность.
Рекомендация №5
На зерновых полях, засеянных под семена, нормы подкормки увеличивают на 10–15%, обработку с применением гербицидов против сорняков проводят только в фазе распускания почек. Не следует допускать поражение болезнями и вредителями. Поэтому каждому агроному-семеноводу рекомендуется раз в неделю тщательно исследовать и изучать зерновые поля по диагонали до наступления фазы молочно-восковой спелости зерна. При этом определяют состояние растений на полях, наличие болезней и вредителей, примесь других сортов.
Подготовлено на основе информации от Управления зерноводства и зернобобовых культур
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: