So‘nggi yillarda respublikada gulchilikka alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 2021-yilning 4-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida “Gul yetishtiruvchilar uyushmasi” tashkil etildi.
Ushbu islohotlar natijasida 22-may kuni Namangan shahrida har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan 61-xalqaro gullar festivaliga start beriladi. Shu vaqtgacha ushbu festival yetti kun davom etgan bo‘lsa, bu galgisi o‘n besh kun mobaynida o‘tkazilishi kutilmoqda. Mazkur xalqaro festivalda yurtimiz viloyatlaridan kelgan 250 nafar usta gulchilar hamda 22 ta xorijiy davlatdan tashrif buyurgan mohir gulchi mutaxassislar, ikebana sanʼati vakillari, landshaft dizaynerlari gulchilik borasidagi mahoratini namoyish etadi.
Xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Namangan shahridagi 16 gektarlik Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘da 8 gektar maydonga gul ekildi. Yigirma kun davomida jami 1500 nafar hasharchilar mehnat qildi. Ular 30 turdagi 16 million gullarni ekib chiqishdi. Xabar berilishicha, festivalda 300 turdagi gullar namoyishi kutilmoqda. Bu galgi bayram tantanalari yakunida festivalda korxona-tashkilotlar va gulchilar 12 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlanadi.
Taʼkidlash joiz, O‘zR Prezidentining yuqoridagi qaroriga ko‘ra, gulchilikka ixtisoslashgan tumanlarda tajriba tariqasida gulchilik sohasida tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan gulchilik klasterlari yaratilmoqda. Shuningdek, gulchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyatlarini kengaytirishlari uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha yer maydonlari ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga dehqon xo‘jaligini yuritish maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish ishlari yo‘lga qo‘yildi. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasalarida Gulchilik magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetida Turkiya Respublikasining Isparta amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Manzarali bog‘dorchilik va gulchilik sohasida kadrlar tayyorlashni qo‘shma taʼlim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yish ishlari rejalashtirilmoqda.
В последние годы особое внимание в республике уделяется цветоводству. В частности, 4 августа 2021 года Президент Республики Узбекистан принял Постановление «О дальнейшем развитии отраслей цветоводства и питомничества в регионах республики». Согласно ему, при поддержке Министерства сельского хозяйства РУ создана Ассоциация цветоводов.
В результате этих реформ 22 мая в Намангане стартует 61-й ежегодный Международный фестиваль цветов. До этого времени фестиваль длился семь дней, а на этот раз ожидается, что он будет продолжатся пятнадцать дней. На этом международном фестивале свое мастерство в цветоводстве продемонстрируют 250 мастеров-флористов из регионов нашей страны, а также искусные флористы из 22 зарубежных стран, представители искусства икебаны, ландшафтные дизайнеры.
В рамках подготовки к Международному фестивалю цветов в Намангане в парке Захириддина Мухаммада Бабура площадью 16 гектаров были высажены цветы на 8 гектарах. В течение двадцати дней 1 500 добровольцев работали в целях создания огромного цветника. Было посажено 16 миллионов цветов 30 видов. Сообщается, что на фестивале будет представлено 300 видов цветов. По итогам фестиваля компании и флористы будут награждены в 12 номинациях.
Следует отметить, что в соответствии с вышеуказанным Постановлением Президента РУ в районах, специализирующихся на цветоводстве, предпринимателями, имеющими опыт работы в области цветоводства, создаются цветочные кластеры. Кроме того, налажена работа по выделению земельных участков площадью от 0,06 до 1 гектара для расширения деятельности субъектов предпринимательства, занимающихся цветоводческой деятельностью, путем открытого электронного конкурса сроком на 30 лет в порядке предоставления в аренду земельных участков для целей ведения дехканского хозяйств. Ведутся работы по подготовке кадров по специальности магистратуры «Цветоводство» в Ташкентском государственном аграрном университете с 2022/2023 учебного года, а также по организации подготовки кадров в отрасли декоративного садоводства и цветоводства на основе совместных образовательных программ Ташкентского государственного аграрного университета и Университета прикладных наук Испарта Турецкой Республики, начиная с 2022/2023 учебного года.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: