Respublikada gilos ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish maqsadida ko‘plab gilos plantatsiyalari tashkil etilmoqda. Joylarda o‘rnatilgan monitoring natijalariga asosan, respublikada may oyigacha 25,3 ming tonna gilos yetishtirildi va bu jarayon respublika hududlarining iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda iyun oyining 3- dekadasigacha davom etadi.
Respublikada 2022-yil holatiga barcha toifa xo‘jaliklari bo‘yicha 337,3 ming gektar shundan, 25,1 ming gektar gilos bog‘lari mavjud bo‘lib, ulardan 245 ming tonna mahsulot yetishtirish prognoz qilingan.
So‘nggi yillarda ekish va parvarishlashda innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarni ya’ni yuqori hosildor navlarni ekish, tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish orqali mineral o‘g‘itlarni sarfini kamaytirish, kasallik va zararkunandalarga o‘z vaqtida ishlov berish kabi agrotexnika tadbirlarni sifatli bajarilishi orqali hosildorlikni 8-10 tonnadan 12-13 tonnagacha oshirishga erishilmoqda.
Respublikada 2021-yilda 60,8 ming tonna, 2022-yilning 20 may holatiga 8,7 ming tonna gilos mahsuloti eksport qilindi. 2021-yil mobaynida 18 ta chet mamlakatlariga, jumladan Rossiya Federatsiyasiga, Qozog‘istonga, Qirg‘izistonga, Ukrainaga, Koreyaga, Latviyaga va boshqa davlatlarga gilos eksport qilingan.
Respublikada gilos ishlab chiqarishni va eksportni hajmini oshirish maqsadida 2021 yilda 5,1 ming gektar maydonlarda va 2022 yil bahor mavsumida 1,2 ming gektar gilos plantatsiyalari tashkil etildi. Bugungi kunda asosan gilosning Svit Ariana, Svit Lorens, Skeena, Early Lory, Revershon, Chkalov, Vosxod, Revna, Napoleon, Stella navlari ekilmoqda.
Respublika barcha hududlarini tuproq-iqlim sharoitlari inobatga olib ertaki muddatlarda yetishtiriladigan eksportbop, yuqori hosildor qishloq xo‘jalik ekinlar navlarini joylashtirish, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri o‘tkazish va tejamkor texnologiyalarni ko‘llash hisobiga sifat va narx jihatdan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishning turli uslublari joriy etilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: