O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Komilov Tursunboy” fermer xo‘jaligida viloyat miqyosidagi seminar bo‘lib o‘tdi. Dala maydonida tashkillashtirilgan tadbir O‘zR Prezidentining “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash, g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarni fermer xo‘jaliklari a’zolari, otaliqqa olingan, PQ-20-sonli qarori bo‘yicha auksionda yer ola olmagan fuqarolarga ajratib berish masalalariga bag‘ishlandi.
Seminarda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Maqsud Ruzmetov, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Abdusalomov, To‘raqurg‘on tuman hokimi Ahrorjon Mansurovlar qatnashishdi.
Yer maydonlari sifatining yomonlashishi undagi hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Degradatsiya deb nomlanuvchi ushbu jarayon tuproq funksiyasini o‘zgartiruvchi, uning xossalari sonini va sifatini kamaytiruvchi, unumdorligini pasaytiruvchi va yo‘qotuvchi jarayonlar majmuasi hisoblanadi. Uning oqibatida yerda eroziya, sho‘rlanish, botqoqlanish, ifloslanish va cho‘llanish holatlari кuzatiladi. Respublikamizda yaroqsiz holga kelib qolgan ana shunday yer maydonlari mavjud. Ammo degradatsiyaning oldini olish, yerlarni unumdorligicha saqlab qolish muhim sanaladi. Bu borada esa, olimlar va fermerlarning hamkorlikdagi ishlari kutilgan natijani beradi.
Ushbu maqsadda tashkillashtirilgan seminarda ishtirok etgan agrar soha vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: