2022-yil 3-6-iyul kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida Turkiy Davlatlar Tashkiloti (Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Vengriya va Turkmaniston) va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlari uchrashuvlari hamda Turkiy davlatlar Agroforumi bo‘lib o‘tadi.
Bugun, 3-iyul kuni Turkiy Davlatlar Tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi bo‘yicha Ishchi guruhining 2-yig‘ilishi boshlandi. Kutilayotgan yuksak darajadagi tadbirlarning dastlabkisi hisoblangan bugungi uchrashuvda TDTga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etishmoqda.
To‘rt kun davomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yig‘ilishlar, shu jumladan, B2B uchrashuvlar munosabati bilan mamlakatimizga TDT va IHTga a’zo davlatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlari tashrif buyurishgan. Bundan tashqari, TDT va IHT bosh kotiblari ham mehmon bo‘lib turishibdi.
TDTga a’zo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari ishtirokidagi yig‘ilishning asosiy maqsadi – qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud ko‘p tomonlama hamkorlikni baholash va TDTga a’zo davlatlar va kuzatuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning salohiyatli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashishdan iborat. 200 dan ortiq yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni o‘zida jamlashi kutilayotgan Turkiy davlatlar Agroforumida esa agrosanoat majmuasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, tashkilotga a’zo davlatlar va kuzatuvchilar o‘rtasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, tovar ayirboshlash va sarmoyalarni safarbar etishga e’tibor qaratiladi.
3-6 июля 2022 года в Ташкенте при поддержке Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан состоится встреча министров сельского хозяйства государств-членов Организации тюркских государств (Турция, Азербайджан, Киргизия, Казахстан , Венгрия и Туркменистан) и Организации экономического сотрудничества (ОЭС), а также Агрофорум тюркских государств.
Сегодня, 3 июля, началось 2-е заседание Рабочей группы по сотрудничеству в области сельского хозяйства государств-членов Организации тюркских государств (ОТГ). В сегодняшней встрече, которая является первой из ожидаемых мероприятий высокого уровня, принимают участие главы и представители делегаций государств-членов ОТГ.
Министры сельского хозяйства стран-членов ОТГ и ОЭС посетили нашу страну в связи с четырехдневными встречами, в том числе встречами в формате B2B. Кроме того, у нас в гостях находятся генеральные секретари ОТГ и ОЭС.
Основной целью встречи с участием министров сельского хозяйства стран-участниц ОТГ является оценка существующего многостороннего сотрудничества в сфере сельского хозяйства и обмен мнениями о направлениях взаимного сотрудничества между странами-участницами ОТГ и наблюдателями. На Агрофоруме тюркских государств, который, как ожидается, соберет более 200 крупных компаний-производителей, основное внимание будет уделено расширению экономического сотрудничества в агропромышленном комплексе, включая реализацию взаимовыгодных проектов между государствами-членами и наблюдателями, взаимную торговлю и мобилизацию инвестиций.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: