O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi ko‘magida Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Yevropaning bir qator davlatlarida xizmat safarida bo‘lib, nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Joriy yilning 13-iyul kuni TDAU jamoasi Litvaning Buyuk Vitautas Magnus universitetiga tashrif buyurib, bir qator bitimlar imzolashdi.
Hususan, ikki universitet o‘rtasida Qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma tuzildi. Shartnomaga ko‘ra, o‘quv jarayoni “2+1,5” formulasiga asosan “Logistika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Yevropa Ittifoqida tan olingan diplom beriladi. Shuningdek, TDAU professor-o‘qituvchilarini ingliz tilida dars o‘tishga o‘rgatishga qaratilgan 6 oylik malaka oshirish kurslari ochiladi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida TDAUni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda Litva tajribasini qo‘llash bo‘yicha hamkorlikda xalqaro loyihani amalga oshirish, universitetning chet tilini biladigan talabalari uchun Litvada yozgi maktablarni tashkil etish, qolaversa, ilmiy tadqiqotchilarning stajirovkasini olib borish hamda Litva iqlim sharoitida sholi yetishtirishni yo‘lga qo‘yish loyihasini amalga oshirishga kelishib olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: