Bugun 19-iyulda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligida Germaniyaning “Mangold Consulting” kompaniyasi rahbari professor Dr.Klaus Mangold bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Qishloq xo‘jaligi vazir o‘rinbosari Qahramon Yuldashev ishtirok etgan ushbu tadbirda agrar va oziq-ovqat xavfsizligining hozirgi kundagi dolzarbligi va bu sohalarda mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish lozimligiga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, tadbir davomida butun dunyoda sifatli meva va sabzavotlariga talab yuqoriligi ta’kidlandi. Xususan, “Landgard AG” kompaniyasi tomonidan import qilinadigan— qovun, tarvuz, pomidor, o‘rik, mango va avokadolar talabgor mahsulotlar hisoblanadi.
O‘zbekiston vakillari tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan yutuqlar hamda kelgusidagi rejalar bo‘yicha maʼlumotlar berildi. Mehmonlarga keyingi yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan “Yashil haftalik—2023” ko‘rgazmasida qatnashish taklifi bildirildi.
Muloqot yakunida ikki tomon kelgusidagi rejalarga to‘xtalib, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib olishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: