O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4919-sonli qaroriga muvofiq ekin turlari va o‘rnatilgan sug‘orish tizimlariga asosan maydonining har bir gektari uchun davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratilishi belgilangan.
2021-yilda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etgan talabgorlarga g‘allachilik yo‘nalishida 3309 gektar, poliz ekinlari yo‘nalishida 10,5 gektar, sabzavotchilik yo‘nalishida 287 gektar va ozuqabop ekinlar yo‘nalishida 501 gektar, jami 4 107 gektar yer maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan subyektlarga xarajatlarini bir qismini qoplash maqsadida 28,6 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari ajratib berildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 220 mln so‘m, Buxoro viloyatiga 180 mln so‘m, Jizzax viloyatiga 6 223,5 mln so‘m, Qashqadaryo viloyatiga 472 mln so‘m, Navoiy viloyatiga 2186,4 mln so‘m, Namangan viloyatiga 70,4 mln so‘m, Samarqand viloyatiga 8438,3 mln so‘m, Surxondaryo viloyatiga 104,9 mln so‘m, Toshkent viloyatiga 9169,2 mln so‘m va Farg‘ona viloyatiga 1563,2 mln so‘m subsidiya ajratildi.
В соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан №ПП-4919 от 11 декабря 2020 года «О мерах по дальнейшему ускорению организации внедрения водосберегающих технологий в сельском хозяйстве», из государственного бюджета будет выделяться субсидии на каждый гектар площади, исходя из видов посевов и установленных систем водосбережения.
В 2021 году Минсельхоз РУ в целях покрытия части затрат предоставил в общей сложности 28,6 млрд сумов субсидии субъектам, внедрившим водосберегающие технологии в республике Каракалпакстан и областях на 4 107 га земли, в частности, на 3 309 га зерновых, 10,5 га бахчевых, 287 га овощных и на 501 га кормовых культур.
Также Республике Каракалпакстан выделено 220 млн сум, Бухарской области 180 млн сум, Джизакской области 6 223,5 млн сум, Кашкадарьинской области 472 млн сум, Навоийской области 2 186,4 млн сум, Наманганской области 70,4 млн сум, области, Самаркандской области 8 438,3 млн сум, Сурхандарьинской области 104,9 млн сумов, Ташкентской области 9169,2 млн сумов и Ферганской области 1563,2 млн сумов.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: