2022-yilning 9-15-avgust kunlari Prezident Administratsiyasi xodimlari, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Munira Aminova, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shuhrat Azizov va boshqa tashkilotlar vakillari tashrif bilan Ispaniyada bo‘lib turibdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad mamlakatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzishdan iborat.
Tashrif doirasida “Ingeser” kompaniyasining tijorat bo‘yicha direktori Nikolay Chubinov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kompaniya O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, saralash, qayta ishlash, quritish, shok muzlatish va eksport qilish bo‘yicha Agromarkaz yaratish loyihasi ustida ishlamoqda. Uchrashuvda injiniring, konsalting, O‘zbekistondagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti uchun bo‘lajak markaz va Agro inkubatorning salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasida delegatsiyaning “SpainMed” kompaniyasi bosh direktori janob Xose Alvares bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda genetik modifikatsiyalangan qo‘y naslchiligi loyihasi muhokama qilindi va ikki davlat mutaxassislari o‘rtasida ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, delegatsiya a’zolari mamlakatda tomchilatib sug‘orish usulini joriy etishga ixtisoslashgan “Fenacore” kompaniyasi yetakchi muhandisi bilan uchrashdi. Kompaniya mutaxassislarini O‘zbekistonda mahorat darslarini o‘tkazish uchun taklif qilish masalasi o‘rtaga tashlandi.
Toledo shahridagi Kastilya-la-Mancha avtonom okrugida Ta’lim, yoshlar va sport bo‘yicha kengash bosh direktori Karlos Alberto hamda universitet vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, bir qator boshqa uchrashuvlar ham ko‘zda tutilgan.
С 9 по 15 августа 2022 года сотрудники Администрации Президента, временно исполняющая обязанности ректора Международного сельскохозяйственного университета Мунира Аминова, директор научно-исследовательского института механизации сельского хозяйства при министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан Шухрат Азизов и представители других организаций находятся с визитом в Испании.
Целью визита является заключение между странами долгосрочных соглашений с ведущими высшими учебными и научно-исследовательскими учреждениями в области сельского хозяйства.
В ходе визита проведена встреча с коммерческим директором компании «Ingeser»» Николаем Чубиновым. Компания работает над проектом создания Агроцентра по хранению, сортировке, переработке, сушке, шоковой заморозке и экспорту фруктов и овощей в Узбекистане. Обсуждены вопросы инжиниринга, консалтинга, наращивания потенциала будущего центра и Агро инкубатора для Международного сельскохозяйственного университета в Узбекистане.
Также в Посольстве Узбекистана в Испании состоялась встреча делегации с генеральным директором компании «SpаinMed» господином Хосе Альваресом, на которой обсудили проект по генетически модифицированному овцеводству и рассмотрели вопросы сотрудничества в данном направлении между специалистами двух стран.
Кроме того, участники делегации встретились с ведущим инженером компании «Fenacore», специализирующейся на реализации в стране метода капельного орошения. Были проработаны вопросы приглашения специалистов компании для проведения мастер-классов в Узбекистане.
В автономном округе Кастилья-ла-Манча, в городе Толедо запланированы встречи с генеральным директором совета по вопросам образования, молодежи и спорта Карлосом Алберто и с представителями университета. А также ряд других встреч.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: