O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi (AKIS)ga Italiyaning Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqotlari va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini tahlil qilish Kengashi (CREA) a‘zolaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar dastlab qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Milliy markaz bosh direktori Alisher To‘rayev bilan uchrashishdi. Unda hamkor tashkilotlar vakillari CREA va AKIS ning o‘zaro va farqli jihatlari to‘g‘risida fikr almashib, kelgusidagi rejalar bo‘yicha kelishib olindi.
Shundan so‘ng delegatsiya vakillari Toshkent viloyatining Agroxizmatlar markaziga yo‘l olishdi. Bu yerda tashkillashtirilgan uchrashuvda markaz rahbari G‘ayrat G‘aniyev bugungi kunda Toshkent viloyatidagi 6700ga yaqin fermer xo‘jaliklari xodimlariga ilmga asoslangan Qishloq xo‘jaligida bilim, inovatsiyalar va agroxizmatlar AKIS markazi mutaxassislari tomonidan muntazam ko‘rsatilayotganini ta‘kidlab o‘tdi. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markaziga qarashli tajriba maydonlarda ilmiy izlanishlar va tajribalar olib borilayotgani haqida ham ma‘lumot berildi.
Tashrifning navbatdagi manzillari Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘simliklar himoyasi va karantini ilmiy-tadqiqot institutlari bo‘lishi rejalashtirilgan
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: