Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev boshchiligidagi Ishchi guruh viloyatlardagi holatlarni o‘rganish, fermerlar, klasterlar va dehqonlar duch kelayotgan muamolarni joyida hal etish, vaziyatlarni to‘g‘ri baholash maqsadida viloyatlarga tashrif buyurdi.
Dastlabki manzil Namangan viloyatining tumanlari bo‘ldi. Bu yerda avvallari umuman ekin ekilmagan, toshloq yerlar o‘zlashtirilmoqda. Xususan, Pop tumanidagi «Art soft teks» klasteri tomonidan 240 gektar yer maydoni o‘zlashtirildi. Tumandagi 1500 gektar yerda suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatildi. Mingbuloq tumanidagi qumli zonadan 1400 gektar yer maydoni o‘zlashtirish uchun E-ijara platformasi orqali yutib olindi.
Ishchi guruh Andijon viloyatining Pop, Shahrixon, Baliqchi, Asaka tumanlarida ham bo‘lib, vaziyatni o‘rgandi. Hududda dalalardagi paxtani nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish chora-tadbirlari to‘g‘risida tavsiyalar berildi. “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan 10 sotixdan 1 gektargacha bo‘lgan yerlardagi holat, ularni qiynayotgan muammolarga joyida yechim topish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Ishchi guruh aʼzolari Qaraqalpog‘iston Respublikasida ham bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.
Respublikaning ko‘pgina hududlari, xususan, Xo‘jayli tumanida takroriy ekin sifatida sarimsoqpiyozning “to‘qsonbosti” navi ekilayotganini guvohi bo‘lgan guruh aʼzolari uni yetishtirish borasida muhim maslahatlarini berdi. Bu yerda ham nafaqat dala maydonlaridagi holat bilan tanishildi, balki fermer va dehqonlarning ahvoli, ularni qiynayotgan muammolarga ham yechimlar topildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: